Pablo Paulino Rosario (1997-yil 7-yanvarda tugʻilgan) — gollandiyalik professional futbolchi, Liga 1ning Nice klubi yarim himoyachisi. 2018-yilda Gollandiya terma jamoasi safida bir marta maydonga tushgan.

Klublardagi faoliyati

Ilk faoliyati Rosario oʻzining futbol faoliyatini AVV Swiftning yosh toifadagi jamoasida boshlagan. „Feyenoord“ da qisqa muddat oʻynaganidan keyin mahalliy klub AFC DWSga qoʻshilgan. 2012-yilda Gollandiyaning HUMAN teleradiokompaniyasi Rosario DWSning D1 jamoasi sardori boʻlgan davridan boshlab hikoya qiluvchi „The Price of Heaven“ hujjatli filmini chiqardiDe Prijs van de Hemel NPO Gemist, 7 June 2012.

OAV tomonidan boʻlajak Ronaldu sifatida koʻrilgan. 2010-yilda Orlando Trustfull qoʻl ostida „Ajax“ B2 (16 yoshgacha) jamoasiga qoʻshildiVoetbaltalent vindt weg omhoog De Volkskrant, 16 mei 2012.

Almere City 2014-yilda Rosario „Ajax“ning ligadoshi Almere Cityga oʻtdi. 2015-yil 7-avgustda Gollandiya professional futbolining ikkinchi ligasi boʻlgan Eerste Diviziyasida VVV-Venloga qarshi oʻyinning (3:3) 53-daqiqasida zaxiradan maydonga tushib debyut qildiWedstrijdverslag Almere City FC — VVV-Venlo bij Soccerway.

PSV 2016-yilning 25-iyulida Pablo Rosario Gollandiyaning PSV klubi bilan 4 yillik shartnoma imzoladi.

Nice 2021-yilning 27-iyulida Pablo Rosario Fransiyaning Nice klubi bilan shartnoma imzoladi

Xalqaro faoliyati Rosario Gollandiyada tug‘ilgan, kelib chiqishi Dominikandan. 2013-yil 9-fevral kuni Avstriya U-16 terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida Gollandiyaning 16 yoshgacha bo‘lgan terma jamoasi safida debyut qilgan. 2015-yilning 12-noyabrid Gollandiya U19 terma jamoasi safida 2016-yilgi UEFA U-19 Yevropa chempionati saralash bosqichi doirasida Angliya U19ga qarshi o‘yinda maydonga tushdi va oʻyin 2:2 hisobida durang bilan yakunlandi.

Rosarioni ilk bor 2018-yil oktabr oyida Ronald Kuman Niderlandiya terma jamoasiga chaqirdi. Terma jamoadagi debyutini 16-oktabr kuni Belgiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida o‘tkazdi

Karyera statistikasi

Klub

+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaMilliy kubokQitʼaBoshqaJamiDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarAlmere City2015—2016Eerste Diviziya34320—40403Jong PSV2016—2017Eerste Diviziya317———3172016—2017Eerste Diviziya120———120Jami437———437PSV Eindhoven2017—2018Erediviziya1401000001502018—2019Erediviziya3200081104112019—2020Erediviziya26220121104132020—2021Erediviziya2913080004012021—2022Erediviziya0000100010Jami101360292201385Nice2021—2022Liga 136040——400Jami faoliyati214131202926026115

Yutuqlari PSV

Eredivizion: 2017—2018

Nice

Fransiya kubogi sovrindori: 2021—2022

Eslatmalar

Manbalar

Turkum:Fransiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Futbol yarim himoyachilari Turkum:Niderlandiyalik erkak futbolchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1997-yilda tugʻilganlar Turkum:Niderlandiyalik muhojir erkak futbolchilar