Hyun Jyu-ni (1985-yil 1-avgustda tugʻilgan), ilgari Juni yoki Ju-an sahna nomlari bilan tanilgan — janubiy koreyalik qoʻshiqchi va aktrisa.
Faoliyati Hyun Jyu-ni 2008-yilda „Overstep“ albomini chiqargan toʻrt aʼzodan iborat „BellaMafia“ qizlar rok guruhining aʼzosi sifatida sahnada debyut qilgan. Televideniye rejissyori Lee Jae-kyoo uni „Bandits“ musiqiy filmida koʻrib qolib oʻzining „Beethoven Virus“ teleserialida fleytachi rolini ijro etishga taklif qilgan. Hyun yoshligidan nay chalgan va avvallari Seul yoshlar orkestrining aʼzosi boʻlgan, keyin aktyorlik faoliyatiga oʻtgan, „Take Off“ filmida Yanbianlik homilador yosh qiz, „IRIS“ filmida xaker, „Love 911“ filmida oʻt oʻchiruvchi, shuningdek „Sky“ filmida rok-guruh vokalisti sifatida bosh rollarni ijro etgan. Uning eng mashhur rollaridan biri 2010-yilda suratga olingan „I Am Legend“ filmidagi yolgʻiz ona obrazi boʻlgan. Hyun Jyu-ni 2010-yilda suratga olingan „Juni & Ah-minʼs Single Life“ dramasida maxsus ko`rinishda rol ijro etgan.
Hyun 2020-yilda o‘z faoliyatida ilk marta SBS telekanalida efirga uzatilgan 120-qismli „Mom Has an Affair“ dramasida bosh rolda suratga tushgan현쥬니, SBS ‘엄마가 바람났다’ 여주인공 캐스팅…1년 만 안방극장 복귀 [공식] [Hyun Jyu-ni cast as female lead in SBS Mom Has an Affair]. 2021-yilda TVN telekanalida efirga uzatilgan „MAMADOL“ ko‘rsatuvi ishtirokchilaridan biriga aylangan. 2022-yil 14-yanvarda „Mama The Idol“ koʻrsatuvida ishtirok etgan.
Shaxsiy hayoti Hyun 2012-yil 13-dekabrda Guamda o‘tkazilgan toʻy marosimida tadbirkorga turmushga chiqqan. Hyun 2013-yil 30-iyulda birinchi farzandi, o‘g‘lini dunyoga keltirgan.
Filmografiyasi
Teleserial YilNomiKoreyscha nomiRolTelekanal2008Beethoven Virus베토벤 바이러스Ha Yi-deunMBC2009IRIS아이리스Yang Mi-jungKBS22010Juni & Ah-minʼs Single Life쥬니와 아민의 독립생활백서OʻziOʻliveI Am Legend나는 전설이다Yang Ah-reumSBS2012Ohlala Couple울랄라 부부Go Il-ranKBS22014Angel Eyes엔젤 아이즈Cha Min-sooSBSMama마마 — 세상 무서울 게 없는RachelMBC2016Descendants of the Sun태양의 후예Pyo Ji-sooKBS22017Bravo My Life브라보 마이 라이프Jung Sung-ahSBS2019Legal High리갈 하이SophiaJTBC2020Mom Has an Affair엄마가 바람났다Oh Pil-jungSBS2021Mama The Idol마마돌OʻziTVN2022Itʼs Beautiful Now현재는 아름다워Lee So-raKBS2
Film YilNomiKoreyscha nomiRol2009Take Off국가대표Wang Soon-deokSky and Ocean하늘과 바다Bada2011Perfect Game퍼펙트 게임Min-kyung2012Love 911반창꼬Hyun-kyung2015You Call It Passion열정 같은 소리 하고 있네Reporter Hyun
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1985-yilda tugʻilganlar Turkum:Janubiy Koreyalik aktrisalar Turkum:Janubiy Koreyalik ayol qoʻshiqchilar Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar