Nick Viergever (Viergever in isolation: [ˈviːrɣeːvər].; 1989-yil 3-avgustda tugʻilgan) — gollandiyalik professional futbolchi, Utrecht klubida himoyachi sifatida oʻynaydi. Gollandiya milliy futbol terma jamoasi safida uchta oʻyinda maydonga tushgan.
Klublardagi faoliyati
Sparta Rotterdam thumb| Viergever 2015-yilda „Ajax“ da oʻynagan Viergever faoliyatini Sparta Rotterdam klubida boshlagan. 2009-yil 10-may kuni NECga qarshi oʻyinning ikkinchi boʻlimda Edvin van Bueren oʻrniga maydonga tushib Erediviziyadagi debyutini nishonladi (1:1). Klubdagi ikki mavsumida 30 ta oʻyinda ishtirok etib birorta ham gol ura olmagan
AZ Alkmaar 2010-yilning yozida Viergever AZga oʻtdi. 2012—2013-yilgi mavsum boshida sardor etib tayinlandi.
Ajax 2014-yilning 24-mayida Viergever Ajax bilan toʻrt yillik shartnoma imzolagani eʼlon qilindi. Viergever UEFA Yevropa ligasi chorak finalida Schalke 04ga qarshi oʻyinning 110-daqiqasida „Ajax“ safida muhim gol urdi. Mehmondagi gollar qoidasiga muvofiq klub keyingi bosqichga yoʻl oldi.
PSV 2018-yilning 2-may kuni Viergever PSV Eindhoven bilan shartnoma imzoladi. Viergever „Ajax“ning azaliy raqibiga oʻtish bilan bogʻliq mojarolarni tushunganini, ammo Erediviziya chempioni bilan shartnoma imzolaganidan xursand ekanligini aytgan.
Greuther Fürth Viergever 2021-yil 31-avgustda, 2021-yil yozgi transfer oynasining soʻnggi kunida Bundesliga vakili Greuther Fürthga oʻtdi. Klub bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.
Utrecht 2022-yil 16-mayda Viergever Utrecht bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.
Xalqaro faoliyati 2012-yilning 7-mayida Viergever Gollandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Bert van Marveyk Viergeverni Yevro-2012 turniri uchun 36 nafar vaqtinchalik tarkibga kiritdi. Yangi murabbiy Louis van Gaal qoʻl ostida 2012-yilning 15-avgustida Belgiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida (4:2) debyut qildi.
Faoliyat statistikasi
Klub
+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaKubokQitʼaBoshqaJamiDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarSparta Rotterdam2008—2009Erediviziya1000——102009—201029030—30350Jami300300030360AZ2010—2011Erediviziya1600030—1902011—201230251140—4932012—20133106020—3902013—201433350132—515Jami1105161322001588Ajax2014—2015Erediviziya2623091103932015—20161701010001902016—201729210132—4342017—20181222040—182Jami84670273101199PSV Eindhoven2018—2019Erediviziya3430080104332019—202023020120003702020—20211701040—2202021—20221000100020Jami75330250101043Greuther Fürth2021—2022Bundesliga24000——240Jami faoliyati323142918455044121
Xalqaro
+Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar Niderlandiya 2012 1 0 2017 2 0 Jami 3 0
Yutuqlari AZ
KNVB kubogi: 2012—2013
Ajax
UEFA Yevropa Ligasi ikkinchi oʻrin: 2016—2017
PSV Eindhoven
Johan Cruyff Shield: 2021
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1989-yilda tugʻilganlar Turkum:Niderlandiyalik erkak futbolchilar Turkum:Futbol himoyachilari