Yaponiyaning Aichi prefekturasida joylashgan shahardir. 2019-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, shahardagi 51846 ta xonadonda istiqomat qiluvchilar soni 118259 nafarniHanda City official statistics , aholi zichligi esa har kvadrat kilometrga 2494 nafarni tashkil etadi. Shaharning umumiy maydoni 47,42 kvadrat kilometr (18,31 milya) ga teng.

Geografiyasi thumb|200x200px| Handa shahrining markazi Handa janubiy Aichi prefekturasidagi Chita yarim orolining shimoli-sharqida joylashgan va sharqda Mikava koʻrfazi bilan chegaradosh hisoblanadi.

Iqlimi Shahar issiq va nam yoz hamda nisbatan yumshoq qish bilan tavsiflangan iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Cfa). Handa oʻrtacha yillik harorat 15,6 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1632 mm, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 27,5 °C atrofida, eng past harorati esa yanvarda, 4,5 °C atrofida boʻladiHanda climate data.

Demografiyasi Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻraHanda population statistics, Handa aholisi soni soʻnggi 70 yil ichida barqaror ravishda koʻpaygan.

Qoʻshni munitsipalitetlar

Aichi prefekturasi

Hekinan Tokoname Takahama Taketoyo Agui Higashiura

Tarixi

Ilk zamonaviy davri Edo davrida Handa hududi Ovari domenining bir qismi boʻlgan.

Keyingi zamonaviy davr 1889-yil 1-oktyabrda Meiji restavratsiyasidan so‘ng zamonaviy munitsipalitetlar tizimini barpo etishda Handa va Kamezaki shaharlari, keyingi yili esa Narava shahri ham tashkil etildi. Bu uch shahar 1937-yil 1-oktyabrda birlashib, Handa shahrini tashkil qilgan.

Hukumat right|thumb|200x200px| Handa shahar hokimiyati Handa toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer hamda 22 aʼzodan iborat bir palatali shahar qonun chiqaruvchi organi boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakliga ega. Shahar Aichi prefekturasi assambleyasiga ikki aʼzoni qoʻshish huquqi mavjud. Milliy siyosat nuqtai nazaridan, shahar Yaponiya Diet quyi palatasining Aichi tumani tarkibiga kiradi.

Tashqi aloqalar

Qardosh shaharlar — qardosh shaharlar

Xalqaro

Qardosh shaharlar

Midland(Michigan, AQSH) 5-iyun 1981-yil Port Macquarie(Yangi janubiy Wales, Avstraliya) 14-aprel 1990-yil

Doʻstlik shahri

Xuzhou(Jiangsu, Xitoy) 27-may 1993-yil

Milliy

Qardosh shaharlar

Nanto(Toyama prefekturasi Chūbu viloyati) 28-aprel 1997-yil

Iqtisodiyoti thumb|200x200px| Mizkan

Iqtisodiyotning ikkilamchi sektori

Pivo tayyorlash Handa soya sousi, sake va sirka tayyorlash bilan jralib turadi va kuchli tarixiy ananalarga ham ega. Bu sohalarda Mizkan sirka ishlab chiqaruvchilarining butun dunyo boʻylab bosh qarorgohi boʻlib qolmoqda.

Ishlab chiqarish Ikkinchi jahon urushi paytida Nakajima aviakompaniyasi Handada samolyot ishlab chiqarish zavodini tashkil etdi. Urushdan keyingi davrda bu ogʻir sanoat zonasi Dow Chemical kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarish zavodiga aylantirildi. Natijada, Handa va Midlend (Michigan) 1981-yilda qardosh shaharlarga aylandi, bu munosabatlar bugungi kungacha davom etmoqda.

Taʼlim tizimi thumb|200x200px| Nihon Fukushi universiteti (Handa kampusi)

Universitet

Nihon Fukushi universiteti — Handa kampusi

Maktablar

Handa shahar hukumati tomonidan boshqariladigan oʻn uchta davlat boshlangʻich maktabi va beshta davlat oʻrta maktabi hamda Aichi prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan beshta davlat yuqori maktabi faoliyat yuritadi. Prefekturada nogironlar uchun ikkita maxsus taʼlim maktabi ham mavjud.

Transporti thumb|200x200px| Xandaning Nol kilometri

Temir yoʻllar

Anʼanaviy chiziqlar

20x20px Markaziy Yaponiya temir yoʻl kompaniyasi

Taketoyo liniyasi : — Kamezaki — Okkawa — Handa — Higashi-Narava -

20x20px Meitetsu

Kova liniyasi : — Handaguchi — Sumiyoshichō — Chita-Handa — Narava -

18x18pxKinuura Rinkai temir yoʻli

Handa liniyasi :-(Faqat yuk tashish)

Yoʻllar

Tez yoʻllar

link=|alt=E87|24x24px Chitahanto yoʻli link=|alt=E87|24x24px Minamichita yoʻli link=|alt=E87|24x24pxChitaodan yoʻli

Yaponiya milliy marshrutlari

Milliy yoʻnalish 247 Milliy yoʻnalish 366

Galereya

Mahalliy diqqatga sazovor joylar thumb|200x200px|Handa kanali

Handa qizil gʻishtli bino Mizkan muzeyi Niimi Nankichi memorial muzeyi Yakachi daryosi Joraku-ji CLACITY HANDA

Galereya

Madaniyati thumb|300x300px| Okkava festivali

Festival

Okkavamatsuri festivali Kamesaki festivali

Handalik taniqli odamlar

Satoru Akahori, muallif Nankichi Niimi, muallif Atsushi Harada, aktyor Eiji Mitsuoka, aralash yakkakurash ustasi Hiromi Makihara, professional beysbolchi Takaya Ishikava, professional beysbolchi Keiko Lee, jazz qoʻshiqchisi Nobuhiro Yamashita, rejissyor

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yaponiyaning qirgʻoqboʻyi aholi punktlari Turkum:Aichi prefekturasidagi shaharlar Turkum:Handa (Aichi)