Xadicha Raimovna Musaxanova  — sovet iqtisodchisi, davlat va siyosat arbobi.

Biografiyasi Xadicha Musaxanova  1918-yil Fargʻonada tugʻilgan. 1941-yildan KPSS (Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi) aʼzosi hisoblangan.

Xadicha Raimovna 1937-yildan boshlab mamlakatdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda faoliyat olib borgan. Jumladan, 1937-1974-yillarda Samarqand shahar ijroiya qoʻmitasi xotin-qizlar boʻlimi mudiri, Oʻzbekiston SSR Vazirlar Soveti boʻlimi inspektori, Oʻzbekiston Kompartiyasi (b) Toshkent shahar Oktabr okrug qoʻmitasi kotibi, Toshkent shahar O‘zbekiston Kompartiyasi Kirov tuman qo‘mitasining birinchi kotibi, Toshkent shahar ijroiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, O‘zbekiston Kompartiyasi Toshkent viloyat qo‘mitasi kotibi hamda  Lenin muzeyining Toshkent filiali direktori lavozimlarida xizmat qilgan.

Musaxanova shuningdek, Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 4—7-chaqiriqlari deputati etib saylangan.

Sovet iqtisodchisi, davlat va siyosat arbobi Xadicha Musaxanova 1974-yili Toshkentda vafot etgan.

Havolalar Nekroloq

Turkum:1918-yilda tugʻilganlar Turkum:Chigʻatoy qabristoniga dafn etilganlar Turkum:Oʻzbek iqtisodchilari Turkum:Oʻzbekiston Kompartiyasi Toshkent viloyat qoʻmitasi kotiblari Turkum:Oʻzbekiston SSR Toshkent shahar Kengashi deputatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining 4-chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining 5-chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 6-chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 7-chaqiriq deputatlari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar