Federica Testa (talaffuzi: Federika Testa; 1993-yil 27-avgustda tugʻilgan) — Slovakiya va Italiya vakili sifatida muz ustida raqs musobaqalarida qatnashuvchi muz raqqosasi. Lukáš Csölley bilan birga hosil qilgan juftligi bilan mashhur. Ular birgalikda toʻrt marta Xalqaro konkida uchish ittifoqi (ISU) timinidan oʻtkazilgan Challenger musobaqalarida ishtirok etib, medal sovrindori boʻlgan va uch marta Slovakiya milliy chempionatining oltin medalini qoʻlga kiritgan. Juftlik 2015 va 2016-yillardagi Yevropa chempionatlarida 8-o‘rindan joy olgan.
Shaxsiy hayoti Federica Testa 1993-yil 27-avgustda Italiyaning Milan shahrida tugʻilgan. 2013-yilning kuzida Slovakiya fuqaroligini olgan.
Faoliyati
Csölley bilan Testa 2011-yil oktyabr oyida Slovakiya vakili sifatida Lukáš Csölley bilan musobaqalarda qatnashishi eʼlon qilingan. Testa / Csölley juftligi 2012-yil fevral oyida Bavarian Open musobaqasida xalqaro debyut qilgan va mart oyida Fransiyaning Nice shahrida boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida ishtirok etgan. Keyingi mavsumda ular Xorvatiyaning Zagreb shahrida boʻlib oʻtgan 2013-yilgi Yevropa chempionatida 17-oʻrinni egallab, qisqa raqs namoyishi uchun 19, erkin raqs uchun esa 16-oʻrindan joy olgan. 2013-yilda Kanadaning Ontario shahrida bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida juftlik qisqa raqs bo‘yicha 26-o‘rinni egallab, yaxshi natijaga erishmagan.
Testa / Csölley juftligi 2013-yil sentyabr oyida Olimpiya oʻyinlariga saralash uchun oʻtkazilgan Nebelhorn Trophy musobaqasida ishtirok etgan; ular toʻqqizinchi oʻrinni egallagan va 2014-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarining gʻolibi boʻlgan. 2014-yil yanvar oyida juftlik Vengriyaning Budapesht shahrida boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida 12-oʻrindan joy olgan, ammo mart oyida Yaponiyaning Saitama shahrida boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida erkin raqs namoyishida chiqish imkoniyatidan mahrum boʻlishgan.
Dasturlari (Csölley bilan) MavsumQisqa raqsErkin raqs2015 — 16 Swing Time
They Canʼt Take That
Away From Me
Thatʼs Entertainment!
The Addams Family A Party for Me? Main Theme Itʼs An Addams Malèna Passeggiata In Paese Kutlama Ma l’amore no Orgia2014 — 15 Nerva Zorongo
Que se ven desde el conquero
(Faradangos de Huelva) Enter the Circus
Terrorklowns Hurt Song Of Spirit2013 — 14 Chicago
Overture All that Jazz Funny Honey We Both Reached For the Gun Addams Family Values
Itʼs An Addams Fester’s In Love The Big Date The Tango
Natijalari GP: Gran-pri ; CS: Challenger seriyasi ; JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri
Slovakiya vakili sifatida Csölley bilan Xalqaro Musobaqa 11 — 12 12 — 13 13 — 14 14 — 15 15 — 16 16 — 17 Jahon chempionati 27 26 23 15 14 Yevropa chempionati 17 12 8 8 Chinese Cup 4 Skate Canada WD Skate America 7 Trophee WD Bavarian Open 6 Ice Challenge 9 Pavel Roman 5 Universiada 4 3 Volvo Open Cup 4 Milliy Slovakiya chempionati 1 1 1 WD = musobaqani tark etgan
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1993-yilda tugʻilganlar