Corey Eugene Millen () (1964-yil 30 martda tugʻilgan) – amerikalik sobiq professional xokkeychi. Corey Millen 1990—1997-yillarda Milliy xokkey ligasida beshta jamoada oʻynagan. Xalqaro miqyosda Corey Millen 1984 va 1988-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan bir qancha turnirlarda Amerika Qoʻshma Shtatlari milliy xokkey terma jamoasi safida ishtirok etgan. 2020-yilda Corey Millen Shimoliy Amerika xokkey ligasi vakili „St, Cloud Norsemen“ xokkey jamoasining bosh murabbiyi etib tayinlangan.

Faoliyati

NHL Corey Millen 1982-yilgi NHLga kirish loyihasida „New York Rangers“ xokkey klubi safiga qabul qilingan.

Corey Millen Milliy xokkey ligasidagi faoliyatini 1990-yilda „New York Rangers“ xokkey klubi bilan boshlagan va u yerda toʻrtta oʻyinda maydonga tushgan. Corey Millen, shuningdek, „Los Angeles Kings“, „New Jersey Devils“, „Dallas Stars“ va „Calgary Flames“ xokkey jamoalarida faoliyat olib borgan. Corey Millen 1997-yilgi mavsumdan keyin NHLni tark etdi.

Yevropa Keyinchalik, Corey Millen Yevropaga koʻchib oʻtdi. Corey Millen bu yerda 1987-yildan 1989-yilgacha Shveysariya milliy ligasi vakili „HC Ambri-Piotta“ xokkey klubi safida harakat qildi.

1997-yilda Corey Millen Germaniyaning Deutsche Eishockey Ligasi vakili „Kölner Haie“ xokkey klubi safiga qoʻshildi.

Murabbiylik 2011-yilda Corey Millen Shimoliy Amerika xokkey ligasi (NAHL) vakili „Alaska Avalanche“ xokkey klubi bosh murabbiyi erib tayinlandi. Shundan soʻng, Corey Millen 2013-yildan 2016-yilgacha NAHL vakili „Minnesota Wilderness“ klubi bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritdi.

Faoliyat statistikasi

Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari Muntazam mavsumPley-off oʻyinlariMavsumKlubLigaOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenaltiOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenalti1980—1981Cloquet High SchoolHS-MN——————————1981—1982Cloquet High SchoolHSMN18463379——————1982—1983University of MinnesotaWCHA2114152918—————1984—1985University of MinnesotaWCHA3828366460—————1985—1986University of MinnesotaWCHA4841428364—————1986—1987University of MinnesotaWCHA4236296562—————1987—1988HC Ambrì-PiottaNDA524656851341988—1989HC Ambrì-PiottaNDA363228601196437181989—1990New York RangersNHL40002—————1989—1990Flint SpiritsIHL114592—————1990—1991New York RangersNHL43140612301990—1991Binghamton RangersAHL4019375668607781991—1992New York RangersNHL1114510—————1991—1992Binghamton RangersAHL15871544—————1991—1992Los Angeles KingsNHL4620214144601161992—1993Los Angeles KingsNHL422316394223426121993—1994New Jersey DevilsNHL7820305052710121994—1995New Jersey DevilsNHL172358—————1994—1995Dallas StarsNHL283151828510121995—1996Dallas StarsNHL133478—————1995—1996Michigan K-WingsIHL118111914—————1995—1996Calgary FlamesNHL314101410—————1996—1997Calgary FlamesNHL6111152632—————1997—1998Kölner HaieDEL2715163146321361998—1999Kölner HaieDEL482639651535224371999—2000Kölner HaieDEL381732495210437162000—2001Kölner HaieDEL593428621273000272001—2002Kölner HaieDEL57222446156136511362002—2003HC LuganoNLA311091953—————2002—2003EHC VispNLB—————20000DEL jami22911413925353434141125122NHL jami3359011920923647571222

Mukofotlar Mukofot Yil WCHA ikkinchi jamoasi 1984—1985 WCHA ikkinchi jamoasi 1985—1986 AHCA ikkinchi jamoasi 1985—1986 WCHA ikkinchi jamoasi 1986—1987 NCAA turniri jamoasi 1987

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1964-yilda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha xokkeychilar‎ Turkum:AQSh xokkeychilari