Ermedin Demirović (; 1998-yil 25-martda tugʻilgan) — Bosniyalik professional futbolchi, Bundesliganing Augsburg klubi va Bosniya va Gersegovina terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati

Alavés va ijaralar 2017-yilning 30-mayida Demirović to‘rt yillik shartnoma asosida Ispaniyaning Alaves jamoasiga o‘tdi. Roʻyxatga olish bilan bogʻliq dastlabki muammolardan soʻng, avval Alavés B da oʻynadi.

Demirović 2018-yilning 3-yanvarida Ispaniya Kubogida Formenteraga qarshi oʻyinda jamoa safida debyut qildi va dubl qayd etdi. 3 haftadan soʻng Barcelonaga qarshi ligadagi debyutini oʻtkazdi. Birinchi ligadagi golini 6-may kuni Malagaga qarshi oʻyinda kiritdi.

2018-yilning 23-iyulida Demirović shartnomasini 2021-yilning iyunigacha uzaytirdi. Ertasi kuni bir mavsumga Fransiyaning Sochaux jamoasiga ijaraga berildi.

2019-yil yanvar oyida Almeriyaga olti oylik ijaraga yuborildi.

2019-yil 2-sentyabrda Demirović Shveysariyaning St. Gallen jamoasiga mavsumiy ijaraga yuborildi.

SC Freiburg 2020-yil iyul oyida Bundesliga klubi SC Freiburg Demirović Shveysariya Superligasi mavsumi 3-avgustda yakunlanganidan keyin qoʻshilishini eʼlon qildi. OAV „Alavés“ga toʻlangan transfer summasini taxminan 4 million yevro teng deb baholagan. 13-sentabr kuni Waldhof Mannheimga qarshi DFB-Pokal oʻyinida klubdagi debyutini oʻtkazdi. Ikki hafta oʻtgach, VfL Volfsburgga qarshi ligadagi debyutini oʻtkazdi. 20-dekabr kuni „Freiburg“ safidagi birinchi golini Herthaga kiritdi.

FK Augsburg 2022-yil iyul oyida Demirović Augsburg klubiga toʻrt yillik shartnoma asosida oʻtdi.

Xalqaro faoliyati Demirović Bosniya va Gersegovinanining barcha yosh terma jamoasini himoya qilgan.

2018-yil noyabr oyida 2018—2019-yilgi UEFA Millatlar Ligasi doirasida Avstriya va Ispaniyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlariga birinchi marta chaqiruv oldi.

Faoliyati statistikasi

Klub

+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaMilliy kubokLiga kubogiJamiDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarRB Leipzig II2016—2017Regionalliga Nordost11--11Alavés B2017—2018Tercera División126--126Alavés2017—2018La Liga3133-64Sochaux (ijara)2018—2019Ligue 21640010174Almería (ijara)2018—2019Segunda División130--130St. Gallen (ijara)2019—2020Shveysariya Superligasi281400-2814SC Freiburg2020—2021Bundesliga30520-3252021—2022Bundesliga31261-373 Jami6178100698 Jami faoliyati134331141014637

Xalqaro

+Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar Bosniya va Gersegovina 2021 10 0 2022 4 1 Jami 14 1

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Germaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Bosniya va Gersegovinalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Fransiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Tercera División oʻyinchilari