Cristian Sleiker Cásseres Yepes (; 2000-yil 20-yanvarda Venesuelaning Valensiya shahrida tugʻilgan) — venesuelalik futbolchi, „New York Red Bulls“ futbol klubi va Venesuela terma jamoasi yarim himoyachisi.
Cristianning otasi Sr Cristian mashhur venesuelalik futbolchi hisoblanadi.
Klublardagi faoliyati Cásseres „Atlético Venezuela“ va „Deportivo La Guaira“ futbol klublari bitiruvchisi. 2016-yil 9-oktyabrda „Atlético Venezuela“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u 16 yoshida Venesuela premyer ligasida debyut qilgan. 2017-yil 11-mayda „Zulia“ futbol klubiga qarshi bahsda Kristian „Deportivo La Guaira“ futbol klubi safida oʻzining birinchi golini urgan.
2018-yilning boshida Cásseres Amerikaning „New York Red Bulls“ jamoasiga oʻtgan. 15-mart kuni Cásseres „New York Red Bulls II“ futbol klubi bilan shartnoma imzolagan. U „New York Red Bulls II“ futbol klubi tarkibidagi debyutini 17-mart kuni USL 2018 mavsumida „Toronto II“ futbol klubiga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. U „New York Red Bulls“ futbol klubining ikkinchi jamoasidagi birinchi golini 9-iyun kuni „Charlotte Independence“ futbol klubiga qarshi o‘yinda penaltini aniq amalga oshirgan. MLSdagi „New York Red Bulls“ futbol klubi asosiy jamoasi safida Cásseres 29-avgust kuni „Houston Dynamo“ futbol klubiga qarshi oʻyinda debyut qilgan. 2019-yilning 6-aprelida u MLSdagi ilk golini „Minnesota United“ futbol klubi darvozasiga kiritgan. 2020-yil 21-fevralda Cásseres „New York Red Bulls“ futbol klubi bilan yangi koʻp yillik shartnoma imzolagan.
Xalqaro faoliyati 2017-yilda Cásseres Venesuela yoshlar terma jamoasi tarkibida Chilida boʻlib oʻtgan Janubiy Amerika yoshlar chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u Chili, Kolumbiya, Ekvador va ikki marta Braziliya va Paragvay terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan. Paragvayliklarga qarshi kechgan bahsda Kristian gol urgan.
Venesuelaning asosiy terma jamoasi safida Cásseres 2020-yil 9-oktyabrda Kolumbiya terma jamoasiga qarshi JCh-2022 saralash o‘yinida debyut qilgan. Cásseres 2021-yilgi Amerika kubogi uchun musobaqaga yoʻl olgan Venesuela terma jamoasi tarkibiga kiritilgan.
Statistika JamoaMavsumLigaMilliy kubokJamiOʻyinGolUzatmaOʻyinGolUzatmaOʻyinGolUzatmaDeportivo La Guaira2016200000200201713100001310Jami15100001510New York Red Bulls II201826320002632Jami26320002632New York Red Bulls20183000003002019243311025432020172230020222021286300028632022610100710Jami7812841083138Umumiy faoliyatida11916104101241710
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Venesuelalik erkak futbolchilar