Darko Todorović (; 1997-yil 5-mayda tugʻilgan) — bosniyalik professional futbolchi, Rossiya Premyer-ligasidagi Akhmat Grozny klubi va Bosniya va Gersegovina terma jamoasida oʻng qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.
Todorović professional faoliyatini Sloboda Tuzlada boshlagan, 2018-yilda Red Bull Salzburgga qoʻshilgan. 2019-yilda Holstein Kiel, 2020-yilda HNK Hajduk Split va 2021-yilda Akhmat Groznyga ijaraga berilgan. 2022-yilda Ahkmat Grozny bilan doimiy shartnoma imzoladi.
Bosniya va Gersegovina terma jamoasining sobiq yoshlar terma jamoasi aʼzosi Todorović 2018-yilda milliy terma jamoada debyut qilgan va shundan beri 16 oʻyin oʻtkazgan.
Klublardagi faoliyati
Ilk faoliyat davri Todorović Sloboda Tuzlaning yoshlar akademiyasiga oʻynagan. 2015-yilning 11-aprelida 17 yoshida Zrinjski Mostarga qarshi o‘yinda professional debyut qilgan. 2016-yilning 21-sentyabrida birinchi professional golini Podrinye Janja darvozasiga kiritdi.
Red Bull Zalsburg 2018-yil iyul oyida Todorović Avstriyaning Red Bull Salzburg jamoasiga nomaʼlum toʻlov evaziga oʻtdi. 22-iyul kuni Avstriya kubogi oʻyinida jamoa safida debyut qildi. Uch hafta oʻtgach, FK Austria Wienga qarshi ligadagi debyutini oʻtkazdi. 2019-yil 5-may kuni klub bilan liga chempionligini qoʻlga kiritishdi.
Iyul oyida Todorović Germaniyaning Holstein Kiel jamoasiga bir mavsumga ijaraga berildi.
2020-yil avgust oyida Xorvatiyaning Hajduk Split jamoasiga mavsumiy ijaraga yuborildi.
Akhmat Grozny 2021-yilning sentyabrida Todorović mavsumning qolgan qismi uchun Rossiya vakili Akhmat Groznyga ijaraga berildi. Jamoadagi debyutini 11-sentyabr kuni Sankt-Peterburgning „Zenit“iga qarshi oʻtkazdi.
2022-yil iyun oyida Akhmat Grozny Todorović bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Faoliyat statistikasi
Klub . +Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaMilliy kubokQitʼaJamiDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarSloboda Tuzla2014—2015Bosniya Premyer-ligasi10--102015—2016Bosniya Premyer-ligasi2000-202016—2017Bosniya Premyer-ligasi16131001922017—2018Bosniya Premyer-ligasi29260-352Jami4839100574Red Bull Salzburg2018—2019Avstriya Bundesligasi1202000140Holstein Kiel (ijara)2019—20202. Bundesliga9000-90Hajduk Split (ijara)2020—2021Xorvatiya futbol ligasi2602010290Akhmat Grozny (ijara)2021—2022Rossiya Premyer-ligasi17010-180Akhmat Grozny2022—2023Rossiya Premyer-ligasi7000-70Jami24010-250 Jami faoliyati1193141101344
Xalqaro . +Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar Milliy terma jamoa Yil Ishtirok GollarBosniya va Gersegovina 2018 6 0 2019 4 0 2020 3 0 2021 3 0 Jami 16 0
Yutuqlari Red Bull Salzburg
Avstriya Bundesligasi: 2018—2019 Avstriya kubogi: 2018—2019.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Bosniya va Gersegovinalik erkak futbolchilar