Brody Sutter () (1991-yil 26-sentyabrda tugʻilgan) — kanadalik professional xokkeychi. Brody Sutter hozirda Erste Bank xokkey ligasida (EBEL) „Vienna Capitals“ xokkey klubida faoliyat olib bormoqda. U „Carolina Hurricanes“ xokkey klubi safiga 2011-yilgi NHL kirish loyihasida 193-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilingan edi.

Oʻyin faoliyati Yoshligida Sutter 2004-yilda Quebecdagi Xalqaro Pee-Wee xokkey turnirida „Florida Junior Panthers“ kichik xokkey jamoasi bilan oʻynagan. Keyinchalik Brody Sutter Gʻarbiy xokkey ligasi vakili „Lethbridge Hurricanes“ xokkey klubi bilan 2008-yildan 2012-yilgacha oʻynagan. Shundan soʻng, Brody Sutter 2012-yil 1-iyun kuni „Carolina Hurricanes“ xokkey klubi bilan uch yillik boshlangʻich darajadagi shartnoma imzoladi.

Brody Sutter NHLdagi ilk oʻyinini 2014-yil 16-oktyabrda Madison Square Gardenda „New York Rangers“ xokkey klubiga qarshi o‘yinda „Carolina Hurricanes“ xokkey klubi bilan o‘tkazdi.

2016—2017-yilgi mavsumning boshida (2016-yil 11-oktyabrda) Brody Sutter Connor Brickley evaziga „Carolina Hurricanes“ klubi tomonidan „Florida Panthers“ xokkey klubiga almashtirildi. Shundan soʻng, Brody Sutter klubning AHL shoʻbasi „Springfield Thunderbirds“ xokkey klubi safiga yuborildi. Brody Sutter klub safida atigi 18 ta oʻyinda maydonga tushib, 9 ochko toʻpladi. 

Sutter oltita professional mavsumdan so‘ng Shimoliy Amerikani tark etdi va 2018-yil 2-avgustda Finlandiyaning „Vaasan Sport“ xokkey klubi bilan bir yillik shartnoma imzolashga rozi bo‘ldi . 2018-2019-yilgi mavsumda Sutter „Vaasan Sport“ klubi safida 45 ta oʻyinda maydonga tushib, 21 ochko toʻplashga muvaffaq boʻldi.

Shundan soʻng, erkin agent sifatida Sutter faoliyatini Yevropada davom ettirdi va 2019-yilning 8-mayida Germaniyaning DEL jamoasi „Iserlon Roosters“ xokkey klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi. Brody Sutter klub safida ikki mavsum davomida harakat qildi. Keyin Brody Sutter 2021—2022-yilgi mavsum uchun „Vienna Capitals“ xokkey klubi bilan shartnoma imzoladi.

Faoliyat statistikasi Muntazam mavsumPley-off oʻyinlariMavsumKlubLigaOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenaltiOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenalti2007—2008Calgary BuffaloesAMHL32811192412461042008—2009Saskatoon BladesWHL180224—————2008—2009Lethbridge HurricanesWHL3043771000022009—2010Lethbridge HurricanesWHL72591442—————2010—2011Lethbridge HurricanesWHL4618244235—————2011—2012Lethbridge HurricanesWHL6530306049—————2011—2012Charlotte CheckersAHL41010—————2012—2013Florida EverbladesECHL37881613—————2012—2013Charlotte CheckersAHL2323513523522013—2014Charlotte CheckersAHL698202829—————2014—2015Charlotte CheckersAHL4512132517—————2014—2015Carolina HurricanesNHL40000—————2015—2016Charlotte CheckersAHL7013112437—————2015—2016Carolina HurricanesNHL80000—————2016—2017Springfield ThunderbirdsAHL194596—————2017—2018Manitoba MooseAHL588101822900002018—2019Vaasan SportLiiga459122110—————2019—2020Iserlohn RoostersDEL471271922—————NHL jami120000—————

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1991-yilda tugʻilganlar Turkum:Kanada xokkeychilari