Thomas Cullum Pyatt () (1987-yil 14-fevralda tugʻilgan) — kanadalik sobiq professional xokkeychi. Thomas Pyatt oʻz faoliyatining koʻp qismini Milliy xokkey ligasida (NHL) „Montreal Canadiens“, „Tampa Bay Lightning“ va „Ottawa Senators“ kabi xokkey jamoalarida oʻtkazdi. Pyatt, shuningdek, Milliy ligada (NL) „Genève-Servette HC“ va „SC Rapperswil-Jona Lakers“ va Shvetsiya xokkey ligasida (SHL) „Skellefteå AIK“ kabi xokkey jamoalari bilan oʻynagan edi.
Oʻyin faoliyati
Havaskor Pyatt oʻzi tugʻilgan Thunder Bay shahridagi (Ontario shtati) „Thunder Bay Kings AAA“ xokkey dasturida oʻynab oʻsgan. Thomas Pyatt oʻzining asosiy karyerasini 2003—2004-yillarda boshlagan. Shundan soʻng, Thomas Pyatt „New York Rangers“ xokkey klubi safiga 2005-yilgi NHLga kirish loyihasida 107-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi.
Professional Pyatt oʻzining yangi professional mavsumini 2007—2008-yillarda „New York Rangers“ klubining kichik liga filiallari; Amerika xokkey ligasi (AHL) filiali „Hartford Wolf Pack“ klubi bilan 41 oʻyinda 14 ochko jamgʻargan va ECHLning „Charlotte Chekers“ xokkey klubi bilan 16 ta oʻyinda 15 ochko toʻplagan holda oʻtkazdi.
2009-yil 30-iyunda Thomas Pyatt „New York Rangers“ xokkey klubi tomonidan Scott Gomez va Michael Bustolar bilan birga „Montreal Canadiens“ xokkey klubi aʼzolari Chris Higgins, Ryan McDonagh, Pavel Valentenko va Doug Janiklar evaziga almashtirildi.
2009-yil 5-noyabrda Thomas Pyatt NHLdagi debyutini „Boston Bruins“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda oʻtkazdi. 2010-yil 10-fevralda Thomas Pyatt oʻzining birinchi NHL golini urdi.
Thomas Pyatt 2010—2011-yilgi mavsumdan soʻng cheklanmagan erkin agentga aylandi va 2011-yil 6-iyulda „Tampa Bay Lightning“ xokkey klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi. 2012-yil 9-yanvarda u „Tampa Bay Lightning“ klubi bilan yana ikki yillik shartnoma imzoladi.
2014-yil 4-avgustda Thomas Pyatt Milliy liga (NL) vakili „Genève-Servette HC“ klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi. 2014-yil 31-dekabrda Thomas Pyatt klub safida Spengler kubogini qo‘lga kiritdi.
2016-yil 24-mayda Thomas Pyatt "Ottawa Senators' xokkey klubi bilan NHLda 800 000 dollar va AHLda 200 000 dollarlik bir yillik ikki tomonlama shartnoma imzoladi.
2018—2019-yilgi mavsumda, „Senators“ klubi bilan shartnomasining so‘nggi yilida, Pyatt 2019-yil 1-yanvarda klubni tark etdi. 2019-yil 2-yanvar kuni Thomas Pyatt „Vancouver Canucks“ xokkey klubi safiga qoʻshildi. U
Faoliyat statistikasi
Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari Muntazam mavsumPley-off oʻyinlariMavsumKlubLigaOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenaltiOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenalti2003—2004Saginaw SpiritOHL67991821—————2004—2005Saginaw SpiritOHL5718304814—————2005—2006Saginaw SpiritOHL5824295329412342006—2007Saginaw SpiritOHL5843388118635802006—2007Hartford Wolf PackAHL10000—————2007—2008Hartford Wolf PackAHL4147116300002007—2008Charlotte CheckersECHL1669158300002008—2009Hartford Wolf PackAHL7315223722400022009—2010Hamilton BulldogsAHL411322358—————2009—2010Montreal CanadiensNHL40235101822422010—2011Montreal CanadiensNHL612579700002011—2012Tampa Bay LightningNHL74127198—————2012—2013Tampa Bay LightningNHL43881612—————2013—2014Tampa Bay LightningNHL273474100002014—2015Genève-Servette HCNLA501122331011281002015—2016Genève-Servette HCNLA421118298513402016—2017Ottawa SenatorsNHL8291423161420202017—2018Ottawa SenatorsNHL817152210—————2018—2019Ottawa SenatorsNHL370222—————2018—2019Utica CometsAHL36613196—————2019—2020Skellefteå AIKSHL3848124—————2019—2020SC Rapperswil-Jona LakersNL81230—————AHL jami19238641024270002NHL jami445435810171404262
Xalqaro Yil Jamoa Tadbir Natija Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti 2005-yil Kanada WJC18 6 3 2 5 4 2006-yil Kanada WJC 6 1 0 1 16 2007-yil Kanada WJC 6 1 3 4 2 2015-yil Kanada SC 4 2 2 4 2 Oʻsmirlar safida 18 5 5 10 22 Kattalar safida 4 2 2 4 2
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1987-yilda tugʻilganlar Turkum:Kanada xokkeychilari