Franco Emanuel Cervi (; 1994-yil 26- mayda Argentinaning San-Lorenso shahrida tugʻilgan) — argentinalik futbolchi, „Celta“ futbol klubi va Argentina terma jamoasi qanot himoyachisi.

Klublardagi faoliyati Franco Cervi „Rosario Central“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2014-yilda u asosiy jamoaning tarkibiga kiritilgan. 9-noyabr kuni „Estudiantes“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Franco Cervi ikkinchi boʻlimda Ernan Ensina oʻrniga maydonga tushgan va shu tariqa Argentina premyer ligasida debyut qilgan. 2015-yilning 14-fevralida „Racing“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Franco Cervi „Rosario Central“ futbol klubi safida birinchi golini urgan. Oʻsha yili Franco Cervi klubga Argentina kubogi finaliga chiqishga yordam bergan. 2016-yilda Libertadores kubogi doirasida „River Plate“ va Braziliyaning „Palmeiras“ futbol klubiga qarshi oʻyinlarda Franco Cervi bittadan gol urgan.

2016-yilning yozida Franco Cervi Portugaliyaning „Benfica“ jamoasiga oʻtib, olti yillik shartnoma imzolagan. Transfer summasi 4,7 million yevroni tashkil qilgan. 7-avgust kuni Franco Cervi „Braga“ futbol klubiga qarshi Portugaliya Superkubogi bahsida debyut qilgan. Oʻsha oʻyinda Franco Cervi „Benfica“ futbol klubi safidagi ilk golini urgan va kubokni qoʻlga kiritgan. 13- avgust kuni „Tondela“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Sangrish ligasida debyut qild. 13-sentyabr kuni Chempionlar ligasi doirasida Turkiyaning „Beşiktaş“ futbol klubiga qarshi maydonga tushgan. 2-oktyabr kuni „Farense“ futbol klubi bilan oʻyinda Franco Cervi Portugaliya chempionatidagi ilk golini raqib darvozasiga kiritgan. 19-oktyabr kuni Chempionlar ligasi doirasida Kiyevning „Dinamo“ jamoasiga qarshi oʻyinda u yana gol urgan. Franco Cervi debyut mavsumida Portugaliya chempioniga aylangan.

Xalqaro faoliyati 2018-yilning 8-sentyabr kuni Gvatemalaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida Franco Cervi Argentina terma jamoasi safida debyut qilgan. 11-oktyabr kuni Iroq terma jamoasiga qarshi kechgan bahsda u terma jamoadagi ilk golini urgan.

Statistika Jamoa  MavsumLigaMilliy kubokXalqaro kubokJamiOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolC. A. Rosario Central201430——30201527540—3152016120—102222Jami42540102567S. L. Benfica2016—201726283724172017—201831331303742018—2019204401413852019—202023261613542020—20211405120211Jami1141126632417221R. C. Celta de Vigo2021—202233332―3652022—202313011―141Jami4634300506Umumiy faoliyatida2021934942627834

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Argentinalik erkak futbolchilar Turkum:Argentina terma jamoasi futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar