Artyom Valerievich Zub () (); (berilgan ism Artem muqobilida ham yoziladi; 1995-yil 3-oktyabrda tugʻilgan) — Milliy xokkey ligasi (NHL) vakili „Ottawa Senators“ xokkey klubi safidagi rossiyalik professional xokkey himoyachisi.
Klublardagi oʻyin faoliyati Artyom Zub yoshligida „Amur Khabarovsk“ xokkey klubining kichik filiali „Amurskie Tigry Khabarovsk“ xokkey jamoasida oʻynagan. Artyom Zub 2014—2015-yilgi mavsumda Kontinental xokkey ligasida „Amur Khabarovsk“ xokkey jamoasi bilan professional debyut qilgan.
2016—2017-yilgi mavsumda, „Amur Khabarovsk“ klubi bilan uchinchi mavsumida, Artyom Zub klub safida 32 ta oʻyinda maydonga tushib, 9 ochko jamgʻardi. Ushbu masumdan soʻng, Artyom Zub 2016-yilning 1-dekabrida „SKA Saint Petersburg“ xokkey klubi safiga qoʻshildi. Artyom Zub „SKA Saint Petersburg“ klubiga mavsumda 18 oʻyinda 2 ta golli uzatma bilan Gagarin kubogini qoʻlga kiritishga yordam berdi.
Artyom Zubning KHL va Olimpiada oʻyinlaridagi oʻyinlari Milliy xokkey ligasi „Ottawa Senators“ xokkey klubining eʼtiborini tortdi. 2020-yil 1-mayda Artyom Zub „Ottawa Senators“ xokkey jamoasi bilan NHL standartidagi boshlangʻich darajadagi shartnoma imzoladi. Artyom Zub oʻzining birinchi NHL golini 2021-yil 15-fevralda Torontodagi Scotiabank arenada „Toronto Maple Leafs“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda (qoʻshimcha taymda 6:5 hisobida gʻalaba) urdi. Oʻzining birinchi mavsumida Artyom Zub „Ottawa Senators“ klubining eng yaxshi himoyachisi Thomas Chabot bilan himoya chizigʻida oʻynadi.
2021-yil 14-mayda Artyom Zub „Ottawa Senators“ xokkey klubi bilan ikki yillik 5 million dollarlik shartnoma imzoladi.
Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati Artyom Zub 2017-yilgi IIHF jahon chempionatida Rossiya milliy xokkey terma jamoasi tarkibida ishtirok etdi. Artyom Zub 2018-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida oltin medalni qoʻlga kiritgan Rossiya Olimpiya sportchilari jamoasi aʼzosi edi.
Faoliyat statistikasi
Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari Muntazam mavsumPley-off oʻyinlariMavsumKlubLigaOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenaltiOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenalti2011—2012Amurskie Tigry KhabarovskMHL30000700002012—2013Amurskie Tigry KhabarovskMHL5922426—————2013—2014Amurskie Tigry KhabarovskMHL1411228—————2014—2015Amurskie Tigry KhabarovskMHL391101170—————2014—2015Amur KhabarovskKHL70116—————2015—2016Amurskie Tigry KhabarovskMHL41018311222015—2016Amur KhabarovskKHL5525753—————2016—2017Amur KhabarovskKHL3427911—————2016—2017SKA Saint PetersburgKHL1801121802242017—2018SKA Saint PetersburgKHL36055121505542018—2019SKA Saint PetersburgKHL49279181813462019—2020SKA Saint PetersburgKHL571392222100002020—2021Ottawa SenatorsNHL473111426—————2021—2022Ottawa SenatorsNHL816162260—————KHL jami256193554124521101114NHL jami1289273686—————
Xalqaro Yil Jamoa Tadbir Natija Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti 2013 Rossiya WJC18 4 7 2 0 2 2 2017 Rossiya WC 10 0 2 2 10 2018 OAR OG 6 0 4 4 0 2019 Rossiya WC 1 0 0 0 0 2021 ROC WC 5 6 0 1 1 4 Oʻsmirlar safida 7 2 0 2 2 Kattalar safida 23 0 7 7 14
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1995-yilda tugʻilganlar Turkum:Xokkey Turkum:Xokkeychilar Turkum:Rossiya profissional xokkeychi