Filip Chytil (; 1999-yil 5-sentyabrda tugʻilgan) — Milliy Xokkey Ligasining (NHL) New York Rangers jamoasida oʻynagan chexiyalik professional xokkeychi. U Rangers jamoasi tomonidan birinchi raundda, 21-oʻrinda, 2017-yilgi NHL kirish draftida jamoa tarkibiga tanlangan. Xalqaro miqyosda Chytil Chexiyaning 18 yoshgacha boʻlgan terma jamoasida bir nechta turnirlarda ishtirok etgan.
Faoliyati Chytil 2016—2017 yilgi mavsumda Chexiyaning Extraliga klubining PSG Zlin jamoasida oʻynagan. U 38 oʻyinda toʻrtta gol va toʻrtta golli uzatma qayd etgan. Bu ligada u 18 yoshgacha boʻlgan barcha oʻyinchilar orasida oʻynalgan oʻyinlar soni, gollar, golli paslar va ochkolar soni boʻyicha ikkinchi oʻrinni egallagan. Shuningdek, u Zlinning kichik shoʻbasi uchun ikkita oʻyin oʻtkazgan. 2017-yilgi NHLga kirish draftida u New York Rangers jamoasi tomonidan 21-oʻrinda jamoa tanlangan. NHL draftidan koʻp oʻtmay, Chytil North Bay Battalion jamoasi tomonidan Kanada Xokkey Ligasi (CHL) Import draftida yettinchi oʻrinda jamoa tarkibiga tanlangan. 2017-yilning 14-iyulida Chytil New York Rangers jamoasi bilan uch yillik boshlangʻich darajadagi shartnoma imzolagan.
Rangers jamoasi mashgʻulotlarida qatnashganidan soʻng, Chytil mahalliy OAV tomonidan Lars-Erik Syoberg mukofoti bilan lagerning eng yaxshi yangi oʻyinchisi sifatida eʼtirof etilgan. U Mats Zuccarello va Rick Nash oʻrtasidagi oʻyinda beir nechta golli uzatmani amalgan oshirgan. Biroq, NHL darajasida ikkita oʻyin oʻtkazgandan soʻng, u Rangers jamoasining Amerika Xokkey Ligasidagi (AHL) filiali boʻlgan, Hartford Wolf Pack jamoasi tarkibiga qoʻshilgan.Chytil va uning hamkasbi Lias Andersson 2018-yilning 25-martida Rangers jamoasi tomonidan chaqirilgan. U oʻzining NHLdagi birinchi golini 2018-yil 30-mart kuni Tampa Bay Lightningga 7-3 hisobida yutqazib qoʻygan oʻyinida urgan. 2021-yilning 29-iyulida Chytil Rangers jamoasi tomonidan yana ikki yillik shartnomaga imzo chekkan.
Xalqaro jamoalardagi faoliyati Chytil 2016-yilda Ivan Hlinka xotirasiga bagʻishlangan turnirda oltin medalni qoʻlga kiritgan 18 yoshgacha boʻlgan Chexiya terma jamoasi aʼzosi boʻlgan.
Faoliyat statistikasi
Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari
Doimiy mavsumPley-offMavsumJamoaLigaGPGAPtsPIMGPGAPtsPIM2014—2015PSG ZlínCZE U181963910—————2015—2016PSG ZlínCZE U18302822508—————2016—2017PSG ZlínCZE U2020000100002016—2017PSG ZlínELH3844816—————2017—2018New York RangersNHL91234—————2017—2018Hartford Wolf PackAHL461120316—————2018—2019New York RangersNHL751112238—————2019—2020Hartford Wolf PackAHL93692—————2019—2020New York RangersNHL601492310300022020—2021New York RangersNHL428142210—————2021—2022New York RangersNHL678142214207294ELHdagi ochkolari3844816—————NHLdagi ochkolari25342519346237296
Xalqaro Yil JamoaMusobaqa Natija GP G A Pts PIM 2015 Chex Respublikasi U17 7 5 0 1 1 0 2016 Chex Respublikasi IH18 4 2 1 3 0 2017 Chex Respublikasi WJC18 7 5 2 3 5 2 2018 Chex Respublikasi WJC 4 7 2 2 4 0 2018 Chex Respublikasi WC 7 7 1 1 2 2 2021 Chex Respublikasi WC 7 8 2 2 4 2 Oʻsmirlar jamoasidagi ochkolari 21 6 7 13 2 Kattalar jamoasidagi ochkolari 15 3 3 6 4
Manbalar
Havolalar
Biographical information and career statistics from NHL.com, or Eliteprospects.com, or Eurohockey.com, or Hockey-Reference.com, or The Internet Hockey Database Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1999-yilda tugʻilganlar