Boyd Kane (; 1978-yil 18-aprelda tugʻilgan) — Kanadalik professional xokkeychi. U faoliyati davomida Milliy Xokkey Ligasida (NHL) oʻynagan. Kane Amerika Xokkey Ligasida (AHL) 1000 dan ortiq oʻyin oʻtkazgan va uchta Calder kubogini qoʻlga kiritgan.

Faoliyati Dastlab Pittsburgh Penguins jamoasi tomonidan 1996-yilgi NHLga kirish draftida 72-oʻrinda jamoa tarkibiga tanlangan. Lekin Pittsburgh jamoasi Kane bilan shartnoma boʻyicha kelisha olmagan. U 1998-yilda draftga qayta kirgan va New-York Rangers tomonidan 114-oʻrinda jamoa tarkibiga tanlangan. Kane oʻzining dastlabki uchta professional mavsumini Amerika Xokkey Ligasining Hartford Wolf Pack va ECHLning Charlotte Checkers jamoalari oʻrtasida oʻtkazib, 2001—2002-yillarda Hartford bilan toʻla vaqtli oʻyinni qoʻlga kiritgan. 2002—2003-yilgi mavsum oldidan u Gordie Dwyer evaziga Tampa Bay Lightning jamoasiga almashtirilgan va mavsumni Springfield Falcons bilan oʻtkazgan.

Kane mavsum oraligʻida Philadelpia Flyers jamoasi bilan shartnoma imzolagan va 2003—2004-yilgi mavsumning koʻp qismini Philadelphia Phantoms jamoasi bilan oʻynagan boʻlsa-da, u Flyers bilan NHLdagi dastlabki ettita oʻyinda oʻynagan. NHL Lockouti paytida u Calder kubogi chempionatida Phantoms jamoasi sardori boʻlgan.

U 2006—2007-yilgi NHL mavsumi oldidan Flyersning yakuniy oʻquv lageri roʻyxatidan chiqarib yuborgan.

2009-yil 12-iyulda Kane Washington Capitals jamoasiga qaytish uchun shartnomaga imzo chekgan. Bu birinchi navbatda AHLning Hershey Bears bilan birlashishi boʻlgan.

2013-yilning 3-iyulida Kane Xorvatiya klubi, Kontinental Xockey Ligasining KHL Medveshchak Zagreb bilan bir yillik shartnoma imzolagan.

Faoliyat statistikasi

Doimiy mavsumPley-offMavsumJamoaLigaGPGAPtsPIMGPGAPtsPIM1994—1995Regina PatsWHL2565116400001995—1996Regina PatsWHL72214263155115712121996—1997Regina PatsWHL662550751545112151997—1998Regina PatsWHL6848459313395712291998—1999Hartford Wolf PackAHL5635823—————1998—1999Charlotte CheckersECHL12561114—————1999—2000Charlotte CheckersECHL47101929110—————1999—2000B. C. IcemenUHL30224100001999—2000Hartford Wolf PackAHL80000—————2000—2001Charlotte CheckersECHL1298176—————2000—2001Hartford Wolf PackAHL5611172881520222001—2002Hartford Wolf PackAHL7817223919310123502002—2003Springfield FalconsAHL721522371216314392003—2004Philadelphia PhantomsAHL7313223517712011392003—2004Philadelphia FlyersNHL70007—————2004—2005Philadelphia PhantomsAHL589152411221077282005—2006Hershey BearsAHL74202949185214913142005—2006Washington CapitalsNHL50112—————2006—2007Philadelphia FlyersNHL1502228—————2006—2007Philadelphia PhantomsAHL5710223298—————2007—2008Philadelphia PhantomsAHL5718264410212448252008—2009Philadelphia PhantomsAHL5817264374411262008—2009Philadelphia FlyersNHL10000—————2009—2010Washington CapitalsNHL30000—————2009—2010Hershey BearsAHL762420447721167342010—2011Hershey BearsAHL7424254980612342011—2012Hershey BearsAHL67192241149521362012—2013Hershey BearsAHL7415223766500022013—2014KHL Medvescak ZagrebKHL484596441126AHLdagi ochkolari9382152955101547128193453218NHLdagi ochkolari3103339—————

Mukofot va unvonlari Mukofot Yil AHL Calder kubogi (Philadelphia Phantoms) 2005-yil Calder kubogi (Hershey Bears) 2006, 2010 Yulduzlar oʻyini 2012

Manbalar

Havolalar Biographical information and career statistics from NHL.com, or Eliteprospects.com, or Hockey-Reference.com, or The Internet Hockey Database Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1978-yilda tugʻilganlar