Londondagi Britaniya kutubxonasi, dunyodagi eng katta kutubxona. Florensiyadagi Italiya milliy markaziy kutubxonasi.Biblioteca Nacional de Chile yoki Chilining Santyago shahridagi Chili Milliy kutubxonasi.Braziliya Milliy kutubxonasi Lotin Amerikasidagi eng yirik kutubxona hisoblanadi.Vashingtondagi Kongress kutubxonasining Tomas Jefferson binosi. Milliy kutubxona — bu hukumat tomonidan mamlakatning asosiy axborot ombori sifatida tashkil etilgan kutubxona. U Jamoat kutubxonalaridan farqli oʻlaroq, kamdan-kam hollarda fuqarolarga kitob olish imkonini beradi. Koʻpincha ular juda koʻp noyob, qimmatli yoki muhim asarlarni oʻz ichiga oladi. Milliy kutubxona — bu mamlakat ichida va tashqarisida xalq adabiyotini toʻplash va saqlash vazifasini bajaradigan kutubxonadir. Masalan, Britaniya kutubxonasi va Parijdagi milliy bibliothèque de FranceLine, Maurice B.; Line, J. (2011). „Concluding notes“. National libraries, Aslib, pp. 317-318.

Milliy kutubxonalar odatda bir mamlakatdagi boshqa kutubxonalar bilan solishtirilganda hajman kattaligi bilan ajralib turadi. Mustaqil boʻlmagan, ammo oʻziga xos madaniyatini saqlab qolishni xohlaydigan baʼzi davlatlar bunday muassasalarning barcha atributlariga ega milliy kutubxona tashkil etishadi.

Koʻpgina milliy kutubxonalar Xalqaro kutubxonalar assotsiatsiyalari va institutlari federatsiyasining (XKAIF) Milliy kutubxonalar boʻlimi bilan oʻzlarining umumiy vazifalarini muhokama qilish, umumiy standartlarni aniqlash va ilgari surish, ularga oʻz vazifalarini bajarishga yordam beradigan loyihalarni amalga oshirish uchun hamkorlik qiladilar. Masalan, Yevropa Milliy kutubxonalarining barchasi „Yevropa kutubxonalari“da ishtirok etadi. Bu Yevropa Milliy kutubxonachilari konferensiyasi xizmati hisoblanadi.

Tarixi

Kelib chiqishi thumb|200x200px| Lindisfarne Injillari ser Robert Cotton tomonidan toʻplangan xazinalardan biridir. Birinchi milliy kutubxonalar suveren yoki davlatning boshqa oliy organining qirollik fondlaridan barpo etilgan.

Milliy kutubxonaning birinchi loyihalaridan biri ingliz matematigi Jon Di tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib, u 1556-yilda angliyalik Meri I ga eski kitoblar, qoʻlyozmalar, yozuvlarni saqlash va milliy kutubxona tashkil etish boʻyicha istiqbolli loyihasini taqdim etgan, ammo uning bu taklif qabul qilinmaganFell-Smith, Charlotte (1909) John Dee: 1527-1608. London: Constable and Company Available online.

Angliyada Richard Bentlining 1694-yilda chop etilgan Qirollik kutubxonasini qurish boʻyicha taklifi bu mavzuga yana qiziqish uygʻotdi. Robert Kotton, Konningtonlik 1-baronet, boy antikvar, oʻsha paytda dunyodagi eng qimmat shaxsiy qoʻlyozmalar kolleksiyasini toʻplagan va Cotton kutubxonasiga asos solgan. Monastirlar tarqatib yuborilgandan soʻng, monastir kutubxonalariga tegishli boʻlgan koʻplab bebaho va qadimiy qoʻlyozmalar jamoat orasida tarqala boshladi, ularning koʻpchiligi qoʻlyozmalarning madaniy qiymatidan bexabar boʻlgan. Robertning maqsadi bu qadimiy hujjatlarni topish, sotib olish va saqlash ediJohn Aikin. The Lives of John Selden, Esq., and Archbishop Usher; With Notices of the Principal English Men of Letters with Whom They Were Connected. 1812. p. 375.. Uning oʻlimidan soʻng nabirasi kutubxonani birinchi milliy kutubxona sifatida shakllantirdi va xalqqa taqdim etdi. Ushbu transfer Britaniya kutubxonasining shakllanishiga asos boʻldi'An Act for the better settling and preserving the Library kept in the House at Westminster called Cotton House in the Name and Family of the Cottons for the Benefit of the Publick [Chapter VII. Rot. Parl. 12 § 13 Gul. III. p. 1. n. 7.]', Statutes of the Realm: volume 7: 1695-1701 (1820), pp. 642-643. URL: http://www.british-history.ac.uk/report.aspx?compid=46991 .

Milliy kutubxonalar thumb| Hans Sloanning kitoblar va qoʻlyozmalar toʻplami Britaniya muzeyiga vasiyat qilingan. Birinchi haqiqiy milliy kutubxona 1753-yilda Britaniya muzeyi tarkibida tashkil etilgan. Ushbu yangi muassasa bu turdagi muzeylarning birinchisi edi. Milliy kutubxona na cherkovga, na qirolga tegishli boʻlib, jamoatchilikka ochiq va hamma narsani yigʻish va saqlashni maqsad qilgan. Muzeyning dastavval shifokor va tabiatshunos Xans Sloanning merosiga asoslangan boʻlib, u oʻz hayoti davomida collection of curiositiesni toʻplagan va 20 000 funt sterling evaziga Britaniya muzeyiga vasiyat qilgan.

Sloanning kolleksiyasiga 40 000 ga yaqin bosma kitoblar va 7 000 qoʻlyozmalar, shuningdek, chizmalar kiritilgan. Britaniya muzeyi toʻgʻrisidagi 1753 qonunga asosan Milliy kutubxona Cotton kutubxonasi va Harleian kutubxonasini oʻz ichiga olgan. Keyinchalik ularga 1757-yilda turli Britaniya monarxlari tomonidan yigʻilgan Qirollik kutubxonasi ham qoʻshildiLetter to Charles Long (1823), BMCE115/3,10. Scrapbooks and illustrations of the Museum. (Wilson, David, M.) (2002). The British Museum: A History. London: The British Museum Press, pg 346.

1759-yil 15-yanvarda kutubxonada birinchi ko‘rgazma galereyalari hamda olimlar uchun o‘quv zali ochilgan va ish boshlaganThe British Museum Opened , History Today. 1757-yilda qirol Jorj II unga mamlakatda nashr etilgan har bir kitobning bir nusxasini olish huquqini bergan va bu bilan Muzey kutubxonasining cheksiz ravishda kengayishini taʼminlagan. left|thumb| Montagu uyi, Britaniya kutubxonasi joylashgan joy, 1753-yilda tashkil etilgan. Anthony Panizzi 1856-yilda Britaniya muzeyida bosh kutubxonachi boʻlib ishladi va u yerda kutubxonaning modernizatsiyasini nazorat qildi. Uning faoliyati davomida kutubxona fondi 235 000 jilddan 540 000 jildgacha ko‘paydi va bu o‘sha davrda dunyodagi eng katta kutubxonaga aylandi. 1857-yilda uning mashhur dumaloq shaklidagi oʻquv zali ochilgan. Panizzi oʻz yordamchilari bilan birgalikda ishlab chiqqan „Toʻqson bir kataloglash qoidalari“ (1841) asosida yangi katalog yaratishni oʻz zimmasiga oldi. Ushbu qoidalar XIX va XX asrlarning barcha keyingi katalog qoidalari uchun asos boʻlib xizmat qildi. ISBD va Dublin Core kabi raqamli kataloglash elementlarining kelib chiqishi shu katalog bilan bogʻliq.

Fransiyadagi birinchi milliy kutubxona 1368-yilda Karl V tomonidan Luvr saroyida yaratilgan, u qirollik kutubxonasi sifatida paydo boʻlgan Bibliothèque Mazarine edi. Charlz VI vafotidan soʻng, bu birinchi kutubxonani bir tomonlama Fransiyaning ingliz regenti Bedford gertsogi sotib oldi va uni 1424-yilda Angliyaga topshirdi. 1435-yilda vafot etganida tarqab ketganPaul M. Priebe. „From Bibliothèque du Roi to Bibliothèque Nationale: The Creation of a State Library, 1789-1793.“ The Journal of Library History, Vol. 17, No. 4 (Fall, 1982) Matbaa ixtirosi Luvrda 1461-yilda Lui XIga meros qolgan yana bir toʻplamning paydo boʻlishiga olib keldi. Frensis I 1534-yilda toʻplamni Fontenbleoga topshirdi va uni shaxsiy kutubxonasi bilan birlashtirdi. right|thumb|200x200px| Bibliothèque Mazarine kutubxonachisi sifatida Jak Avgust de Sen uni oʻsha paytdagi dunyodagi eng katta kutubxonaga aylantirgan. XVII asrda Jak Avgust de Senning kutubxonachi etib tayinlanishi uni dunyodagi eng katta va eng boy kutubxonaga aylantirgan rivojlanish davrini boshlab berdi. Kutubxona 1692-yilda vazir Luvuaning oʻgʻli Abbe Luvua boshqaruvi ostida jamoatchilik uchun ochilgan. Abbe Luvua nomi oʻrniga kutubxona tizimini toʻliq isloh qilganligi uchun abbe Bignon yoki Bignon II deb atalgan. 1739-yildan 1753-yilgacha 11 jildda nashr etilgan kataloglar tuzildi. Toʻplamlar sotib olish va fransuz inqilobining boshlanishiga sovgʻa qilish orqali doimiy ravishda koʻpayib bordi. Oʻsha paytda u qisman yoki toʻliq yoʻq boʻlib ketish xavfi ostida edi, ammo Antuan-Avgustin Renuard va Jozef Van Praetning faoliyati tufayli unga hech qanday zarar yetmadi.

Fransuz inqilobining radikal bosqichida aristokratlar va ruhoniylarning shaxsiy kutubxonalari tortib olinib, kutubxona fondlari 300 000 jilddan oshdi. 1792-yil sentyabr oyida Fransiya Birinchi Respublikasi tashkil etilgandan soʻng, „the Assembly declared the Bibliotheque du Roini milliy mulk deb eʼlon qildi va uni muassasa Milliy Kutubxona deb nomlandi. Tojning toʻrt asrlik nazoratidan soʻng, bu buyuk kutubxona endi fransuz xalqining mulkiga aylandi“Paul M. Priebe. „From Bibliothèque du Roi to Bibliothèque Nationale: The Creation of a State Library, 1789-1793.“ The Journal of Library History, Vol. 17, No. 4 (Fall, 1982).

Kengayishi Amerikada tashkil etilgan birinchi milliy kutubxona 1777-yil 9-yanvarda Yangi Granada vitse-qiroli Manuel Antonio Flores tomonidan Haqiqiy Kutubxona nomki bilan tashkil etilgan va u keyinchalik Kolumbiya Milliy kutubxonasiga aylandi.

Yangi tashkil etilgan Amerika respublikasida Jeyms Medison birinchi boʻlib 1783-yilda Kongress kutubxonasini tashkil etishni taklifini oldinga surdiMurray, Stuart. The Library: An Illustrated History (New York, Skyhouse Publishing, 2012): 155.. Kongress kutubxonasi 1800-yil 24-aprelda prezident Jon Adams hukumat oʻrnini Filadelfiyadan yangi poytaxt Vashingtonga koʻchirishni nazarda tutuvchi Kongress aktini imzolaganida tashkil etilgan. Qonunchilikning bir qismi „Kongressdan foydalanish uchun zarur boʻlgan kitoblarni sotib olish va ularni saqlash, mos binoni jihozlash uchun 5000 dollar ajratdi“. Kitoblar Londondan buyurtma qilingan va 740 ming kitob, uchta xaritadan iborat toʻplam yangi Kapitoliyga joylashtirilgan. left|thumb|250x250px| Polshaning Załuski kutubxonasi mamlakat boʻlinganidan keyin Rossiya tomonidan qabul qilingan va toʻplam 1795-yilda tashkil etilgan. Imperator jamoat kutubxonasi 1795-yilda Buyuk Ketrin tomonidan tashkil etilgan boʻlib, uning shaxsiy kolleksiyalarida Volter va Didroning oʻz merosxoʻrlaridan sotib olgan mahalliy kutubxonalari mavjud edi. Volterning shaxsiy kutubxonasi hamon kolleksiyaning diqqatga sazovor joylaridan biri hisoblanadi. Rossiya jamoat kutubxonasi rejasi 1766-yil 27-mayda Ketringa taqdim etilgan, ammo imperator imperator kutubxona loyihasini maʼqullamagan.

Chet tillari boʻlimining poydevori Polsha-Litva Hamdoʻstligidan boʻlinish paytida Rossiya hukumati tomonidan milliylashtirilgan Załuski kutubxonasi (420 000 jild) shaklida boʻlganMaliy ensiklopedicheskiy slovar Brokgauza i Yefrona, published in the Imperial Russia in the early 1900s. Kutubxonadagi polyak tilidagi kitoblar (taxminan 55 000 nomdagi) 1921-yilda Rossiya SFSR tomonidan Polshaga qaytarilganGreat Soviet Encyclopedia, 3rd. edition.

Germaniya faqat 1871-yilda davlat sifatida tuzilgan boʻlsa-da, birinchi milliy kutubxonasi 1848-yilgi nemis inqiloblari davrida tashkil etilgan. Turli kitob sotuvchilari va nashriyotlar Frankfurt parlamentiga parlament kutubxonasi uchun oʻz asarlarini taklif qilishdi. Iogann Geynrix Plat boshchiligidagi kutubxona Reyxsbibliyotek („Reyx kutubxonasi“) deb nomlandi. Inqilob muvaffaqiyatsizlikka uchragach, kutubxona tashlab ketildi va mavjud boʻlgan kitoblar Nyurnbergdagi Germaniya milliy muzeyida saqlanib qoldi. 1912-yilda Leyptsigda har yili oʻtkaziladigan kitob koʻrgazmasining markazi boʻlgan Leyptsig shahri, Saksoniya Qirolligi va Börsenverein der Deutschen Buchhändler (Nemis kitob sotuvchilari uyushmasi) Leyptsigda Germaniya Milliy kutubxonasini ochishga kelishib oldilar. 1913-yil 1-yanvardan boshlab nemis tilidagi barcha nashrlar muntazam ravishda toʻplandi (shu jumladan Avstriya va Shveysariya kitoblari ham).

Yuridik depozit va mualliflik huquqi right|thumb| Finlandiya Milliy kutubxonasi, Helsinki right|thumb| Hindiston Milliy kutubxonasi, Kolkata thumb|Avstraliya Milliy kutubxonasi Burley Griffin koʻli, Kanberra . Qonuniy depozit tamoyili ayrim mamlakatlarda amal qiladi.