Basij ( , ), Niru-ye Moghāvemat-e Basij , ), toʻliq nomi Sâzmân-e Basij-e Mostaz’afin ( , ), Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusining (IIQK) beshta kuchlaridan biri. Bu kuch Basij deb nomlanadi; uning aʼzosi forschada basiji deyiladi. 2019-yil iyul holatiga koʻra Gʻulomrizo Sulaymoniy Basij qoʻmondoni.
1979-yilda Eron inqilobi yetakchisi Oyatulloh Humayniy buyrugʻi bilan Eronda tashkil etilgan boʻlib, dastlab Humayniy tomonidan Eron-Iroq urushida jang qilishga chaqirilgan harbiylashtirilgan koʻngillilardan iborat edi. Akbar Hoshimi Rafsanjoniyning soʻzlariga koʻra, dastlab bu tashkilot mustaqil boʻlgan, 1981-yilning 17-fevralida Eron parlamenti tomonidan Inqilob Qoʻriqchilari Korpusiga rasman kiritilgan va shundan soʻng ularning oʻrtasidagi xizmatlararo raqobatga barham beriladi.
Bugungi kunda kuchlar koʻpincha, rasmiy imtiyozlar evaziga koʻngilli sifatida qoʻshiluvchi eronlik yoshlardan iborat. Basijiylar ichki xavfsizlikni taʼminlash, jamiyat ustidan davlat nazoratini oʻrnatish, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga koʻmaklashish, ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish, ommaviy diniy marosimlarni tashkil etish, axloqiy meʼyorlarni tartibga solish, norozilik namoyishlarini bostirish kabi faoliyat bilan shugʻullanuvchi yordamchi kuch sifatida xizmat qiladiMolavi, Afshin, The Soul of Iran, W. W. Norton, (2005), p. 88, 316–318. Bu kuch 2009 yilgi Eron saylovlaridagi keng tarqalgan norozilik namoyishlarida tez-tez koʻrinish bergan hamda 2017-2018 yillardagi Eron noroziliklariga aralashgan. Basijiylar oʻzlarining Eron Oliy Rahbariga sodiqliklari bilan mashhur hamda IIQKga boʻysunadilar va uning rahbariyatidan buyruq oladilar. Eronning deyarli har bir shahrida basijiylarning mahalliy tashkiloti borMolavi, Afshin, The Soul of Iran, W. W. Norton, (2005), p.88.
Basij IIQKning bir qismi boʻlib, AQSh, Bahrayn va Saudiya Arabistoni hukumatlari tomonidan terrorchi tashkilot sifatida tan olingan.
Tarixi Oliy rahbar Oyatulloh Ruhulloh Xumayniy 1979-yil noyabr oyida, Eron inqilobi davrida yoshlar militsiyasini tashkil etishga chaqirdi. Basij 1980-yil 30-aprelda tashkil etilgan. Unga 18 yoshdan oshgan va 45 yoshdan kichik erkaklar qoʻshilishlari mumkin edi.
Eron – Iroq urushi paytida yuz minglab odamlar Basijga koʻngilli boʻlishdi, ular orasida 12 yoshli bolalar va yoshi saksondan oshgan ishsiz qariyalar ham bor edi. Bu koʻngillilar shialardagi shahidlikka muhabbat, urush safarbarligida vatanparvarlik ruhi singdirilgan kishilar, koʻpincha kambagʻal, dehqonlardan iborat boʻlgan. Ular maktablarga tashriflar davomida hamda ommaviy axborot vositalari orqali faol ragʻbatlantirilgan. Urush paytida Islom Inqilobi Qoʻriqchilari Korpusi Basij aʼzolaridan ishchi kuchini jalb qilish uchun manba sifatida foydalanganKhomeinis Warriors: Foundation of Irans Regime, Its Guardians, Allies around the World, War Analysis, and Strategies by Mehran Riazaty, . Basijiylar mina maydonlarini tozalagani yoki dushmanning shiddatini pasaytiruvchi jonli toʻlqinlar sifatida foydalanilganligi bilan mashhurlashganKhomeini: Life of the Ayatollah by Baqer Moin. Taxminlarga koʻra, bu taktikani qoʻllash oqibatida oʻn minglab odamlar halok boʻlgan.
Odatiy jonli toʻlqin taktikasi basijiylar uchun (koʻpincha juda yengil qurollangan hamda artilleriya yoki havo kuchlari tomonidan qoʻllab-quvvatlanmagan) saf boʻylab oldinga yurish edi. Talofatlar koʻp boʻlsa-da, taktika koʻpincha Iroq muntazam armiyasining yomon tayyorgarlikdan oʻtgan aʼzolariga qarshi qoʻllanilganda ish beradiCited in: Erich Wiedemann, „Mit dem Paradies-Schlüssel in die Schlacht“, in: Der Spiegel, no. 31/1982, p. 93.Iran at War: 1500–1988 (Pg. 363) By Kaveh Farrokh.
Dilip Hiroga koʻra, 1983-yilning bahoriga kelib basijiylar 2,4 million eronlikni qurol ishlatishga oʻrgatgan va 450 ming nafarini frontga joʻnatganHiro, Dilip, Iran under the Ayatollahs, Routledge and Kegan, 1985, p.237. 1985-yilda IRNA Hojjatulislom Rahmoniydan iqtibos keltirgan holda basijiylar sonini 3 millionga yaqin, deb koʻrsatadi. Tehron byurosi 1986-yilning dekabrida frontdagi basijiylarning eng yuqori soni 100 000 ekanini taʼkidlaydi.
Tiklanish The New York Times gazetasining yozishicha, Eron 1998-yilgi futbol boʻyicha jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritganidan soʻng oʻz-oʻzidan paydo boʻlgan bayramlar va 1999-yil iyulidagi talabalar noroziliklaridan keyin, islomiy hukumat koʻchalar ustidan nazoratni qoʻldan chiqarganini sezdi hamda Basijni qayta faollashtiradi. GlobalSecurity.org bir oz boshqacha vaqt jadvalini keltirib, u 2005-yilda qayta tiklangan, deb maʼlumot beradi .
Eron hukumati basijiylarni saqlab qolish uchun bir qancha rejalar tuzgan. Bu rejalar orasida Basij rivoji (Basij-e-Sazandegi) kabi gʻoyalarga urgʻu berilgan. Eron politsiyasi va Ansor-e-Hizbulloh bilan bir qatorda basijiylar Erondagi talabalar namoyishlarini bostirishda faol ishtirok etmoqda. Basijiylar baʼzan ansorlardan koʻproq „intizomli“ boʻlib, urmasliklari yoki hech boʻlmaganda namoyishchilarni tez jarohatlamasliklari bilan ajralib turadilarMolavi, The Soul of Iran (2005), p. 318. Boshqa manbalarga koʻra, Ansor-i Hizbulloh Basijning bir qismi deyiladi.
Boshqa fikrlarga asosan, Basijning Eron – Iroq urushida Eronni himoya qilish boʻyicha jangovar missiyasidan hozirgi ichki xavfsizlik tashvishlarigacha boʻlgan oʻzgarishi uning obroʻ-eʼtibori hamda mazmunining yoʻqolishiga olib kelgan.
2009-yilgi saylov noroziliklari 2009-yilgi prezidentlikka muxolifat nomzod Mir Husayn Musaviy shu yilgi Eron saylovlarida yuz bergan norozilik namoyishlari chogʻida basijiylar tomonidan amalga oshirilgan zoʻravonliklarni qoraladi. 2009-yilgi saylovlardan keyin Basijning yomon ishlashi haqida ham xabarlar bor. Bu qoʻmondon Husayn Taibning almashtirilishi hamda Basijning oʻsha yil oktyabr oyida Inqilobiy Korpusning quruqlikdagi kuchlariga rasmiy integratsiyalashuviga sabab boʻlgan, deb hisoblanadi. Namoyishlar ortidan Basij qoʻmondoni Hojjatulislom Husayn Taib zoʻravonliklarda sakkiz kishi halok boʻlganini va 300 kishi yaralanganini bildirdiIran opposition says 72 died in post-poll unrest Reuters. 3 September 2009.
2010-yili Eronda tadqiqot olib borayotgan norvegiyalik talaba avtobusda ketayotganida boʻlinma tomonidan oʻgʻirlab ketilgandan soʻng Basij lageri ichida dahshatli vahshiyliklarga guvoh boʻlganini aytadi. Talaba Norvegiya elchixonasi xodimlariga bergan maʼlumotlariga koʻra, u hibsga olingan siyosiy muxoliflarning „ichaklari kesilgani, yoqib yuborilgani va tartibsizliklarni nazorat qiluvchi yuk mashinasi tagida ataylab bostirilgani“ga guvoh boʻlgan.
Norozilik namoyishlari chogʻida oliy rahnamo Ali Xomanaiy oʻz mavqeini saqlab qolishga qaratilgan yangi harbiylashtirilgan Haydaryan kuchini yaratdi; Haydaryon boshqaruvi aʼzolarining bir qanchasi basijiylardan chiqqan.
Suriya fuqarolar urushi, 2011-yildan hozirgi kungacha Gʻarb tahlilchilarning fikricha, 2013-yil dekabrida Eronning minglab harbiylashtirilgan Basij jangchilari Suriyaga joylashtirilgan. Suriyaning Eron uchun geosiyosiy ahamiyati va uning muhim ittifoqchi sifatidagi roli basijiylarning hozirga qadar davom etayotgan Suriya fuqarolar urushida ishtirok etishiga turtki boʻldi. Hizbulloh jangchilariga oʻxshagan Basij militsiyasi Suriya armiyasi bilan isyonchi kuchlarga qarshi ish oli boradi. Bunday ishtirok mintaqadagi bir qator davlatlar, xususan, Isroil va Turkiya uchun yangi tashqi siyosiy muammolarni keltirib chiqaradi. Chunki Eronning taʼsiri Suriya mojarosida mamlakatda mafkuraviy va moliyaviy taʼsiridan ham ortib bormoqda. Basijning Suriya fuqarolar urushidagi ishtiroki mintaqada Eronning hukmronligini taʼminlash maqsadida Eron tashqi siyosatida ishonchli kuch sifatida militsiyaning faol qoʻllanishini aks ettiradi [ ] va Suriyadagi fuqarolar urushi Suriya ozodlik armiyasi rahbari Salim Idrisni xavotirga qoʻyadi.
Tashkilot va aʼzolik Basij Islom Inqilobi Qoʻriqchilari Korpusining beshinchi boʻlimini tashkil qiladi. U Imom Husayn brigadalari va Imom Ali brigadalari (xavfsizlik tahdidlari bilan shugʻullanuvchi boʻlinmalar)ni oʻz ichiga oladi. Basijning kichik guruhlariga Basij boshlangʻich oʻquvchilar [ Basij-e Danesh-Amouzi ], Basij talabalari [ Basij-e Daneshjuyi ], Basijlari universiteti, Basij davlat xizmati (Basij-e Edarii) va Basij qabilalari kiradi. Tehron byurosi, shuningdek, „Basijiylar uyushmasi“ (Basij-e Asnaf) va „Basijiy mehnatkashlari“ (Basij-e Karegaron)ni ham sanab oʻtadi. Basijiylar soni boʻyicha hisob-kitoblar turlicha boʻlib, uning rahbariyati tashqi manbalarga qaraganda yuqoriroq raqamlarni keltirmoqda. Rasmiy hisob-kitoblarga koʻra, 23,8 mln. 2020 yilga kelib Eron atrofida 54 000 ta baza bor ediسردار سپهر: ۵۴ هزار پایگاه بسیج برای رزمایش کمک مومنانه فعالیت می کنند.
Rahbarlar Hozir Basijga 2019-yilda Gʻulomhusayn Gʻaybparvar oʻrniga kelgan Gʻulomrizo Sulaymoniy qoʻmondonlik qilmoqda.
Vazifalari va faoliyati "Ozodlik" radiosiga koʻra, urush oxiriga kelib, basijiylarning aksariyati xizmatni tark etib, koʻp yillar frontda boʻlganidan keyin odatiy hayot tarziga qaytishgan. 1988-yilga kelib Basij nazorat punktlari soni keskin kamaydi, lekin basijiylar hali ham hijobga rioya qilishni nazorat etishar, ayollarni kiyinish qoidalarini buzganliklari uchun hibsga olishar va yoshlarni aralash jinsdagi partiyalarga ishtirok yoki qarama-qarshi jinsdagi qarindoshlar bilan jamoat joylarida yurganlik uchun qamashda davom etishardi.Molavi, The Soul of Iran (2005), p. 89
Vazifalar viloyatga qarab farq qiladi. Basijiylar sharqiy chegara hududlarida giyohvand moddalar savdosi bilan shugʻullanuvchilarga, Hurmuzgʻon, Bushehrda hamda Iroq bilan chegarada kontrabandachilarga qarshi joylashtirilgan.
1988-yilda kollej kampuslarida " Vestoksifikasiya " va hukumatga qarshi potensial talabalar tashviqotiga qarshi kurashish uchun Basijiy kollej tuzilmalari tashkil etildi.
Ashuro brigadalari 1993-yilda tuzilgan. Ushbu islomiy brigadalar ham Inqilob soqchilari, ham basijiylardan tashkil topgan va 1998-yilga kelib ularning soni 17 000 kishiga yetgan.
Golkar fikricha, basijiylar davlat mafkurasini targʻib qilish, siyosiy kampaniyalarda tashviqot mashinasi boʻlib xizmat qilish, diniy boshqaruvni oqlash, siyosatchilarni himoya qilish, islom axloqi va qoidalarini tatbiq etish uchun ishlatiladi. Ular Eron Islom Respublikasining millionlab informatorlarga ega boʻlish haqidagi umumiy rejasining bir qismidir. Basijiylar muxolifatga ham putur yetkazadi, masalan, qoʻzgʻolon va namoyishlarni bostirishda asosiy rol oʻynaydi.
Urushga tayyorgarlik koʻrish uchun basijiylarga shahidlikning foydalari haqida tushuncha beriladi.
Aʼzolarning imtiyozlari va profili Xabar qilinishicha, Basij aʼzolari uchun imtiyozlar orasida eronlik erkaklar uchun zarur boʻlgan 21 oylik harbiy xizmatdan ozod qilish, universitetlarda ajratilgan oʻrinlar hamda kichik miqdordagi stipendiya kiradi. Basij aʼzolari aʼzo boʻlmaganlarga qaraganda koʻproq davlat lavozimlarini, ayniqsa, hukumat nazorati ostidagi muassasalarda xavfsizlik bilan bogʻliq lavozimlarni egallashlari mumkin. Baʼzilar Basijga haqiqiy diniy eʼtiqodlari tufayli qoʻshilgan boʻlsa, boshqalari Basijga aʼzolik imtiyozlaridan foydalanish, shuningdek, universitetga kirish uchun yoki davlat ishlarida koʻtarilish vositasi sifatida qoʻshilgan.
Siyosat Nazariy jihatdan basijiylar Eron konstitutsiyasi bilan siyosatda ishtirok etishlari taqiqlangan, biroq uning rahbariyati, ayniqsa, 2005-yilda prezident Mahmud Ahmadinajod saylovi paytida, hatto undan keyin ham basijiy sifatida faol boʻlgan, deb hisoblanadi. Oʻtgan saylovlarda militsiya aʼzolari ham qattiqqoʻl, ham islohotchilarga ovoz bergan. Prezident Ahmadinajod militsiya aʼzolari tomonidan sezilarli darajada faol qoʻllab-quvvatlangan, koʻpchiligi uning prezidentligi davridagi siyosatidan foyda koʻrgan. Oliy Rahbar Xomanaiy Basijni „Eron xalqining eng katta umidi“ va „begʻubor daraxt“ deb taʼriflagan.
Yana qarang
Axloq patruli Eron Hizbullohi Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi Neda Agha-Soltanning o'ldirilishi Suriya fuqarolar urushidagi qurolli guruhlar ro'yxati