Aleksandr Andreyevich Xomyakov (1969 -yil 5-martda tugʻilgan) – sovet va rossiyalik sobiq professional futbolchi, darvozabon sifatida oʻynagan. Oʻzbekiston Superligasi ishtirokchisi – „Buxoro“ klubida bosh murabbiy boʻlib ishlaydi.
Futbolchilik faoliyati Kaspiysk shahridagi oʻsmirlar sport maktabi tarbiyalanuvchisi. Professional faoliyatini 1987-yilda Mahachqalʼaning „Dinamo“ jamoasida boshlagan. 1991-yilda „Sokol-Saratov“ klubiga oʻtdi. 1992-yildan 1995-yilgacha Volganing „Torpedo“ jamoasida oʻynagan. Keyinchalik, „Nalchik-Spartak“, „Diana Voljsk“ va „Salyut-Saratov“ klublarida toʻp surgan. 2001-yilda Qozogʻistonga koʻchib, „Yesil-Kokshetau“ klubida oʻynagan, 6 oʻyinda 15 ta gol oʻtkazib yuborganX ChYeMPIONAT KAZAXSTANA PO FUTBOLU – 2001. VISShAYa LIGA. IGRALI I ZABIVALI va tez orada klubni tark etdi. 2003-yilda Yoshkar-Olaning „Spartak“ jamoasida oʻynagan. Faoliyatini Volga „Torpedo“ jamoasida yakunlagan.
Murabbiylik faoliyati Aleksandr Xomyakov murabbiylik faoliytini Oʻzbekistonda, Muborakning "Mash’al Akademiya" jamoasida yoshlar futbolchililarga murabbiylik qilishdan boshlagan va 2011-yilgi mavsumda akademiyaning asosiy jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan. 2013-yilgi mavsum boshida akademiyadagi muvaffaqiyatlaridan soʻng Muborakning asosiy jamoasi „Mashʼal“ klubining bosh murabbiy sifatida tayinlangan.
2014-yil OFKning murabbiylik PRO litsenziyasini olgan. 2019-yilgacha Muborakliklar bosh murabbiy sifatida faoliyat olib borgan. 2019-yilgi mavsumning ikkinchi qismida „Andijon“ klubi bilan shartnoma imzolagan va bosh murabbiy etib tayinlangan 2020-yil mavsum boshida „Andijon“ klubida isteʼfoga chiqarilgan. Ikki yillik tanaffusdan soʻng yana Muborakning „Mashʼal“ klubiga bosh murabbiy sifatida qaytgan. 2022-yilgi mavsum boshida oʻz xoxishiga koʻra bosh murabbiylikdan ketgan.
2022-yilgi mavsumda Andijon jamoasida murabbiylik qilgan Viktor Kumikovga yordamchi sifatida ishlagan. 2023-yilgi mavsum boshida Kumikov Qozogʻiston jamoalaridan tushgan taklif sababli „Andijon“ klubini tark etgan va Xomyakov bosh murabbiy sifatida tayinlangan. Xomyakov qoʻl ostida Andijon jamoasi 2024-yil 5-oktyabrda 2024-yilgi Oʻzbekiston kubogi finalida Navbahor jamoasini 3-2 hisobida magʻlub etgan va oʻz tarixidagi dastlabki sovrinini qoʻlga kiritgan.
„Andijon“ klubining 2025-yilgi Oʻzbekiston Superligasida ketma-ket 5 marta magʻlubiyatga uchraganidan soʻng, bosh murabbiylikdan ketganBreaking! Aleksandr Xomyakov „Andijon“dan ketdi.
2025-yildan buyon „Buxoro“ futbol klubi bosh murabbiyi. Yutuqlar
Murabbiy sifatida Mash’al Oʻzbekiston Pro ligasi gʻolibi: 2013 Oʻzbekiston Pro ligasi Ikkinchi oʻrin: 2018 Oʻzbekiston PFL kubogi gʻolibi: 2014 Oʻzbekiston PFL kubogi Ikkinchi oʻrin: 2015 Andijon Oʻzbekiston Kubogi sohibi: 2024 Buxoro Oʻzbekiston Kubogida ikkinchi oʻrin: 2025
Manbalar
Havolalar Aleksandr Xomyakov Transfermarrkt saytida Aleksandr Xomyakov Soccerway saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Rossiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:FC Dinamo Mahachqalʼa futbolchilari Turkum:FC Sokol Saratov futbolchilari Turkum:FC Energiya Volzhsky futbolchilari Turkum:PFC Spartak Nalchik futbolchilari Turkum:Spartak-D Nalchik jamoasi futbolchilari Turkum:FC Diana futbolchilari Turkum:Qarabağ FK futbolchilari Turkum:FC Salyut Saratov futbolchilari Turkum:Oqjetpes klubi futbolchilari Turkum:FC Spartak Yoshkar-Ola futbolchilari Turkum:Rossiyalik futbol murabbiylari Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir futbol murabbiylar Turkum:Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari Turkum:Mashʼal klubi murabbiylari Turkum:Andijon futbol klubi murabbiylari Turkum:Buxoro klubi murabbiylari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi murabbiylari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi murabbiylari