Toʻtixon Qulbekova (1915-yil, Fayziobod qishlogʻi, Oltiariq tumani, Fargʻona viloyati — ?) — paxtakor, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1949), KPSS aʼzosi (1944).

Tarjimayi holi Toʻtixon Qulbekova 1915-yili Oltiariq tumani Fayziobod qishlogʻi tavallud topgan. 1938—1942-yillari Oltiariq tumanidagi „Qizil qoʻshin“ kolxozida kolxozchi, 1943—1946-yillarda kolxoz raisining oʻrinbosari, 1946—1948-yillar, 1963—1964-yillari Leningrad kolxozida bogʻcha mudirasi, 1948—1952-yillarda zveno boshligʻi, 1957—1963-yillar va 1971—1974-yillarda brigadir, 1969—1970-yillarda Leningrad kolxozi raisining oʻrinbosari, 1964—1969-yillari Fayziobod qishloq soveti raisi, 1971—1975-yillarda ipakchilik brigadasi boshligʻi boʻlib ishlagan. Qulbekova boshchiligidagi zvenoda gektaridan 69,2 sentner paxta yetishtirilgan (1949). 3-chaqirirq Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti deputati (1951—1954). 2 marta Lenin ordeni, „Hurmat Belgisi“ ordeni bilan mukotlangan. 1975-yilda pensiyaga chiqqan.

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:1915-yilda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 3-chaqiriq deputatlari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar