Muftiy Azizul Haq ( ; 1903–1961) hozirgi Bangladeshlik islom olimi va ijtimoiy islohotchi hisoblanadi. U Al-Jomiya al-Islomiya Patiya asoschisi va uning birinchi kansleri boʻlib ishlagan.

Ilk faoliyati va taʼlimi Azizul Haq 1903-yilda Bengaliya prezidentligining Chittagong okrugi Patiya shahridagi Charkanai shahrida munshiy musulmon bengal oilasida tugʻilgan. Oʻn bir oyligida otasi Mavlono Nur Ahmaddan ayriladi. Azizul Haq oʻn bir yoshga toʻlganida onasidan ham ayrilgan. Shundan soʻng, u otasi tomonidan bobosi Munshiy Surat Ali qoʻlida tarbiyalanadi.

1914-yilda bobosi uni Al-Jomiya al-Arabiya al-Islomiya Jiriyga olib boradi va u yerda Azizul Haqni direktor Shoh Ahmad Hasan nazorati ostiga ishonib topshiradi.

U Meshkatni tamomlagan yili Shoh Ahmad Hasan keyingi yili madrasada Hadis boʻlimi tashkil etilishini eʼlon qiladi. 1924-yilda Haq hadis ilmini tamomlab, qoʻshimcha taʼlim olish uchun Hindistonga joʻnab ketadi. U Saxaranpur tumanidagi Darul Ulum Deoband va Mazohir Ulumda tahsil olgan. U Ashraf Ali Tahonaviy qoʻl ostida toʻqqiz oylik taʼlimni egallaganidan soʻng Bengaliyaga qaytib keladi.

Faoliyati Azizul Haq Jiriy huzuriga qaytib, 1927–1940-yillarda madrasa muftiysi va mufassiri (Qur’on tafsiri olimi) boʻlib ishlaydi. Azizul Haq ustozi Zamiriddin Ahmad homiyligida 1938-yilda Zamiriya Qosimul Ulum nomli madrasa tashkil etadi. Keyinchalik u al-Jomiya al-Islomiya Patiya nomini oladi va islom universitetiga aylantiriladi. Umrining qolgan qismini shu madrasa rektori sifatida oʻtkazgan.

Shaxsiy hayoti Jiri madrasasida muallim boʻlib ishlagan vaqtida Azizul Haq Harinhayn (Gʻarbiy Patiya)lik Badiur Rahmon Savdagarning qiziga uylangan. Bu nikohdan ularning uch oʻgʻil va toʻrt qizi bor edi.

Vafoti thumb|Maqbara-i-Aziziy Haq 1961-yil 3-martdagi juma namozi oldidan, 63 yoshida vafot etadi. Uning janozasi (janoza namozi) Abdulkarim Madaniy (Anderkilla Shohi Jome masjidi imomi) tomonidan Jamiya Patiya maydonida oʻqilgan. Haq keyinchalik madrasa qabristoniga dafn qilinadi, mazkur joy hozir Maqbara-i-Aziziy nomi bilan mashhur.

Manbalar

Adabiyotlar

Tazkira-e-Aziz, Sultan Zauq Nadvi Yaad-e-Aziz

Turkum:Muftiylar Turkum:1961-yilda vafot etganlar Turkum:1903-yilda tugʻilganlar Turkum:Deobandiylar Turkum:Sunniy musulmon ulamolar Turkum:Hanafiy fiqh ulamolari Turkum:Bengal musulmon Islom olimlari Turkum:XX asrda Bengaliya