Abdulloh al-Bofiy ( — Abu Muhammad Abdulloh ibn Muhammad al-Bofiy al-Xorazmiy al-Buxoriy) — shofeʼiy faqihi, adib va tilshunos.

Hayoti Xorazm qishloqlaridan sanalgan "Bof­­"dan yetishib chiqqan Abdulloh al-­Bofiy Bag‘dodda yashagan. Manbalarga ko‘ra, „al-Buxoriy“ nisbasiga ham ega bo‘lgan. Abdulloh al-Bofiy shofeʼiy fiqhida zamonasining imomlaridan sanalgan. Shu bilan birga, u nahv ilmi va adabni, badiiy til va uning nozik jihatlarini yaxshi bilgan.

Abdulloh al-Bofiy fiqh ilmini Abu Ali ibn Abu Hurayra va Abu Ishoq al-Marvaziylardan taʼlim olgan. O‘z navbatida, undan mazkur ilmni al-Qoziy Abu-t-Tayyib va al-Movardiylar o‘rganganlar.

Abdulloh al-Bofiy hozirjavob notiq bo‘lib, balog‘at bilan so‘zlar edi. Manbalarda olim qalamiga mansub sheʼrlardan namunalar keltirilgan. Ularda olimning katta kitoblar yozgani aytilsa-da, asarlari nomi keltirilmagan.

Adabiyotlar

Yoqut. Mu’jam. — Bayrut: „Dor Sodir“, 1995. I, 326; As-Sam’oniy. Al-Ansāb. — Haydarobod: „Doira al-maʼorif al-Usmoniyya“, 1962. II, 48; Ibn al-­Imod. Shazarāt az-zahab. — Damashq-Bayrut: 1986. XI, 109; As-Subkiy. Tabaqāt ash-shāfi’iyya al-kub­rā. 1413. III, 317; Abdulkarim as-Sam’oniy. Nasabnoma. — T.: „Hilol-nashr“, 2017. 148.

Manbalar

Turkum:Tarixiy shaxslar Turkum:1008-yilda vafot etganlar Turkum:Bagʻdodda vafot etganlar Turkum:Adiblar Turkum:Faqihlar Turkum:Tilshunoslar