Abdurahim Teleshov O‘tkir (13.06.1923— 5.10.1995, Qumulda shahri) — uygʻur shoiri. U zamonaviy uygʻur sheʼriyatining otasi sifatidaeʼtirof etilgan.
Hayoti Abdurahim Teleshov Oʻtkir, 1923-yil 13-iyunda tugʻilgan. 1942-yilda Shinjon universitetini tamomlab, 1949-yilgacha „Oltoy“ gazetasida muharrir boʻlib ishlagan. Ikki marta (1951—1958, 1966—1976) hibsga olingan.
Abdurihim Teleshov Oʻtkir, 1980-yildan Shinjon-Uygʻur muxtor rayoni Falsafa va ijtimoiy fanlar akademiyasi Adabiyotshunoslik instituti xodimi, 1988-yildan esa „Qutadgʻu bilig“ jamiyati Prezidiumi raisining oʻrinbosari etib tayinlangan.
Abdurahim Teleshov O‘tkir, 1995-yil 5-oktyabrda Urumchi shahrida vafot etganƏli Şamilov, Uyğur, Qaqauz, Quzey Qafqaz Türklərinin folkloru və ədəbiyyatı,"Nurlan" nəşriyyatı, Bakı, 2011, səh. 412. s.63-67..
Asarlari Abdurahim Teleshov O‘tkir 1940-yillarda „Muzulqan sheher“ (Muzlagan shahar), „Bahor chillaymen“ (Bahorni chaqiraman), „Janubka xat“ (Janubga maktub), „Tan zibasi yo‘qmidur“ (Tong goʻzali yoʻqmudur) kabi sheʼrlari, „Yeni Chungo Gulistanina“ (Yangi Xitoy Gulistoniga), „Keshker kechasi“ (Qashqar kechasi), „Tamche kandin millionlan chechak“ (Bir tomchi qondagi millionlab gullar), „China moden“ dramalari, Dengizdin sada" (Dengizdan ovoz), „Bash egim“ (Bosh kiyim) kabi hikoyalari nashr etilgan.
1946-yilda „Yurek munliri“ (Yurak faryodi), 1948-yilda „Tarim boyliri“ (Tarim boylari) nashr etilgan. 1950—1970-yillarda „Vijdan boyliri“ (Vijdon boylari), „Sajdigahimga“, „Tova dep tuttum yaka“, „Kuzgi keshisi“, „Navoi gezaliga muxammes“, „Oq emes sachimdiki“, „Iz“, 1970-yildan keyin esa „Yaxshi“, „Sarlevhesiz sheʼrlar“, „O‘mur hekkide muxammas“ (Umr haqida muxammas), „Keshker guzeliga“ „(Qashgʻar goʻzaliga)“, „Men aq bayroq emes“ kabi sheʼrlar yozgan.
„Ulug‘ ana hekkide chechek“, „Gul va azgan“ (Gul va yovvoyi gul), „Sheir va shair“, „Kashtishiga madhiya“ (Qimmatbaho toshga madhiya), „Iz“ va „Oygangan Zamin“ kabi romanlar yozgan.
Manbalar
Havolalar
Iz (Sheʼr) Arxivləşdirilib arxivlangan Otkur sheʼrining uygʻurcha va inglizcha tarjimasi Sheʼrlar to‘plami (uyg‘urlar) Sharqiy Turkiston uygʻur yozuvchilari Arxivləşdirilib Abdurihim Teleshov Oʻtkur sheʼrlari
Turkum:Uygʻur shoirlari Turkum:Uygʻur yozuvchilari Turkum:1995-yilda vafot etganlar Turkum:5-oktyabrda vafot etganlar Turkum:1923-yilda tugʻilganlar Turkum:23-iyunda tugʻilganlar