Ahmad ibn Shuʼayb ibn Ali ibn Sinon ibn Bahr ibn Dinor an-Nasoiy — muhaddis va hofiz (ko‘plab hadislarni yoddan biluvchi) bo‘lgan. U Nasoda miloduy 830-yilda tug‘ilgan, ko‘plab ulamolardan hadis eshitgan. Nishopur, Iroq, Shom, Misr, Hijoz va Arabiston yarimoroli o‘lkalariga safar qilgan. Undan ko‘plab roviylar hadis rivoyat qilishgan. U 915-yilda shaʼbon oyida Makka shahrida vafot etgan. Asarlari „as-Sunan al-kubro va-s-sug‘ro“ („Katta va kichik sunan to‘plam“) „al-Xasois fi fazli Ali ibn Abi Tolib va ahli-l-bayt“ („Ali ibn Abu Tolib va ahli bayt fazilatining xususiyatlari“) „Kitobu-z-zuʼafo va-l-matrukin“ (Zaif va hadislari tark etilgan roviylar haqidagi kitob) „Manosiku-n-Nasoiy“ („Nasoiyning marosimlar kitobi“) „Jamʼu Musnadi Molik ibn Anas va Musnadi Ali ibn Abi Tolib“ („Molik ibn Anas va Ali ibn Abu Tolib musnadlari to‘plami“) „Ag‘robu shuʼbai Sufyon“ „Asmou-l-muhaddisiyn“ („Muhaddislarning ismlari“).
Manbalar