„Mr. Lonely“ () — amerikalik qoʻshiqchi Bobby Vinton tomonidan ijro etilgan qoʻshiq. Xonandaning 1962-yilda eʼlon qilingan Roses are Red nomli albomiga kiritilgan.
Yaratilish tarixi Vinton qoʻshiqni 1950-yillarning oxirida, armiyada xizmat qilayotganda yozishni boshlaganAlan Levy, „His movie got him money but no fame“, Life, March 12, 1965. p. 78. Qoʻshiqda xorijga joʻnatilgan va uyi bilan aloqasi uzilgan askar haqida soʻz boradi. Xonanda oʻsha paytdagi ahvolidan afsusda va kimdir bilan gaplashishini xohlaydiBobby Vinton „Mr. Lonely“ OldieLyrics. .
Singl xuddi Vyetnam urushi avj olgan va koʻplab askarlar shunga oʻxshash vaziyatni boshdan kechirayotgan paytda chiqarilganBob Leszczak, „Who Did It First?: Great Pop Cover Songs and Their Original Artists“, Rowman & Littlefield, Mar 13, 2014. p. 134.
1966-yilda Vinton qoʻshiqning davomi — uyiga sogʻ-salomat qaytib kelgan askar haqida „Coming Home Soldier“ () qoʻshigʻini yozdi.
Greko ijrosidagi qoʻshiq 1962-yil 10-noyabrda Billboard Hot 100 reytingida 64-oʻrinni egallaganBuddy Greco — Hot 100 reytingidagi natijalari , Billboard.com. 2015-yil 16-oktabrda foydalanilgan..
Vinton Grekoning ushbu ijrosini radioda eshitganidan soʻng, kompaniya rahbarlari unga oʻz fikrlarini aytishdi: ularningcha, Vinton xonandadan koʻra koʻproq musiqachi va qoʻshiq muallifi edi. Biroq Vintonning xonanda sifatidagi muvaffaqiyati davom etgach, rahbarlar bu fikrlarini oʻzgartira boshladilar.
Oradan bir necha oy oʻtgach, Epic Records Vintonga uning eng sara qoʻshiqlaridan tuzilgan albomiga taklif qildi. Unga albomidagi ohirgi 12-qoʻshiqni tanlash imkonini beradi. Vinton „Mr. Lonely“ qoʻshigʻini tanlaydi. Qoʻshiq albomga kiritilgach, radiolarda muntazam ravishda qoʻyilib boriladi. Manbalar
Turkum:Internet memlari turkum:Bobby Vinton qoʻshiqlari Turkum:1962-yil qoʻshiqlari Turkum:Ingliz tilidagi qoʻshiqlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqlar