Ahmad ibn al-Xalil ibn Saodat ibn Jaʼfar al-Xuvayyu, ash-shofiʼiy (Shamsuddin — Abul Abbos) — hikmat, tabobat, nahv, usul, kalom va fiqh ilmlarini yaxshi biladigan olim. Xuviyyuda milodiy 1187-yil (hijriy 583-yil)da tug‘ilib, milodiy 1240-yil (hijriy 637-yilning shaʼbon oyi)da Damashqda vafot etgan. Faxruddin ar-Roziydan aqliy bilimlarni, at-Tusiydan esa jadal ilmini o‘rgangan.
Ibn az-Zubaydiy, ibn as-Salohva boshqalardan hadis tinglagan. Shomda qozilik mahkamasini boshqargan.
Asarlari „Yanobiʼu-l-ulum“ („Ilmlarning sarchashma-lari“); „Sharhu-l-irshod“ ("Muhammad al-Amidiyning ilmi xilof va jadal haqidagi „Irshod“ asariga sharh"); „Kitob fi-n-nahv“ („Nahv haqida kitob“); „Kitob fi-l-aruz“ („Aruzilmi haqida kitob“); „Muxtasaru-n-nafois fi-l-jadal“ („Jadalilmining nozik jihatlari haqidagi al-Amidiy as-Samarqandiy asarining qisqartmasi“, muallif uni „Aroisu-n-nafois“ („Nozik kelinchaklar“) deb atagan).
Ahmad al-Xuvayyu nazmda ham ijod qilgan. „as-Safina an-nahviya“ („Nahv kemasi“).
Manbalar