Taba tobein (arab. تَابِعُ ٱلتَّابِعِينَ) – islomda tobeinlardan keyingi avlod.
Musulmonlarning birinchi avlodi sahobalar yoki Muhammad (s.a.v.)ning sahobalari deb nomlanadi. Sahobadan keyin kelgan musulmonlarning ikkinchi avlodi tobeinlar deb ataladi. Tobeinlardan keyin kelgan, hech boʻlmaganda bitta tobein bilan uchrashgan uchinchi avlod musulmonlarga „taba tobein“ deyiladi. Mazkur uch avlod islomning salaflarini tashkil qiladi.
Ahli sunna aqidasiga koʻra taba tobeinning taʼrifi Sunniylar taba tobeinni quyidagicha taʼriflaydilar:
Tobeinlardan kamida bittasi bilan koʻrishgan; Toʻgʻri yoʻlda boʻlgan (bunda Ahli sunna val-jamoa eʼtiqodiga sodiq boʻlgan kishi nazarda tutiladi); Shuningdek hu holatda vafot etgan musulmon kishi.
Sunniylar taba tobeinlarni tobeinlardan keyingi eng yaxshi avlod deb hisoblaydilar. Muhammad (s.a.v.): „Odamlarning yaxshilari mening zamonimdagilardir, soʻng ularga yaqin boʻlganlar, soʻng ularga yaqin boʻlganlardir“ deganlar (Imom Buxoriy rivoyati).
Taba tobeinlar roʻyxati Sufyon Savriy (97-161 hijriy)
Sufyon ibn Uyayna (vaf. 198 hijriy)
Molik ibn Anas
Abu Yusuf
Muhammad ash-Shayboniy
Avzoiy (vaf. 158-hijriy).
Abdulloh ibn Muborak (118/726-797 hijriy)
Imom Shofe'iy
Ahmad ibn Hanbal
Zayd ibn Ali
Lays ibn Sa'd
Hammod ibn Zayd
Makkiy ibn Ibrohim (hijriy 125–210; milodiy 742–825)
Fuzayl ibn Iyoz
Dovud at-Toiy
Sirri Saqatiy (155-253 hijriy)
Abdulloh Shoh G'oziy
Muhammad al-Buxoriy
Manbalar:
Havolalar
Islom ulamolari
Turkum:Islom