Akmaljon Azimjonovich Mahmudaliyev — oʻzbek iqtisodchisi, davlat arbobi. 2022—2025-yillarda Sirdaryo viloyati hokimi.
Biografiyasi 1974-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Millati o‘zbek.
1995-yilda Samarqand kooperativ institutini tugatgan.
2005-yilda Toshkent kimyo-texnologiya institutini tamomlagan.
1995—1997 — Fargʻona tumani „Matlubotsavdo“ aksiyadorlik jamiyati hisobchisi.
1997—1999 — „Fargʻona don mahsulotlari“ OAJ hisobchisi, laboratoriya boshligʻi oʻrinbosari.
1999-2000 — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi davlat don inspeksiyasi Fargʻona hududiy boʻlimi yetakchi davlat don inspektori.
2000—2001 — „Fargʻona don mahsulotlari“ OAJ laboratoriya boshligʻi oʻrinbosari.
2002—2007 — „Fargʻona don mahsulotlari“ aksiyadorlik jamiyati laboratoriya laboranti, boshligʻi oʻrinbosariю
2007—2013 — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi davlat don inspeksiyasi Fargʻona hududiy boʻlimi bosh davlat don inspektori, yetakchi davlat don inspektori.
2013—2018 — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi davlat don inspeksiyasi boshligʻi oʻrinbosari.
2018—2022 — Fargʻona viloyati Uchkoʻprik tumani hokimi.
2022—2022 — Navoiy viloyati hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari.
2022—2025 — Sirdaryo viloyati hokimi.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bitiruvchilari