Gulyamov Ravshan Ayupovich – 2019-yildan Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining iqtisodiy-ijtimoiy siyosat boʻyicha davlat maslahatchisi.

Biografiya 1968-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Millati – oʻzbek.

Maʼlumoti – oliy, 1992-yilda Toshkent davlat universiteti, 1998-yilda Avstraliya milliy universitetini tamomlagan.

1985—1992 – Toshkent davlat universiteti talabasi.

1986—1988 – harbiy xizmat.

1992—1992 – Davlat banki davlat byudjeti boshqarmasi 2-toifali mutaxassisi.

1992—1994 – Markaziy bank valyuta-iqtisodiy bosh boshqarmasi 2-toifali iqtisodchisi, bosh eksperti, sektor mudiri, bosh boshqarma boshligʻi oʻrinbosari.

1994—1998 – Markaziy bank valyuta nazorati va tashqi aloqalar departamenti direktori oʻrinbosari.

1998—2001 – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni ijtimoiy-iqtisodiy masalalar boʻyicha davlat maslahatchisi xizmati bosh konsultanti.

2001—2004 – Markaziy bank raisining oʻrinbosari.

2004—2006 – Milliy bank boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari.

2006—2007 – „Asaka“ davlat-aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi raisi.

2007—2009 – Taraqqiyot va tiklanish jamgʻarmasi ijrochi direktori.

2009—2010 – Moliya vazirining birinchi oʻrinbosari.

2010—2011 – Iqtisodiyot vaziri.

2011—2012 – Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri.

2012—2017 – Taraqqiyot va tiklanish fondi ijrochi direktori.

2017—2018 – Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi.

2018—2019 – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti mudiri.

2019—2019 – Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirining birinchi oʻrinbosari.

2019—2025 – Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining iqtisodiy-ijtimoiy siyosat boʻyicha maslahatchisi.

2025-yildan O‘zbekiston prezidentining hududiy rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston yetakchilari Turkum:Oʻzbekistonlik iqtisodchilar