Ismoil al-Mirandiy at-Tabriziy (Tabrizda hijriy 1318-yil rabiulavval oyining 4-sanasi (milodiy 1900-yil)da taxminan 90 yoshida vafot etgan) usul al-fiqh bo‘yicha faqih va mufassir bo‘lgan. Jasadi Najafga olib kelingan.

Asarlari „Hoshiya ala kitobi-t-tahora va kitobi-l-makosib“ (Shayx Murtazoning „Tahorat“ va „Makosib“ kitoblariga hoshiya-izoh"); „Risola fi-t-taʼoduli va-t-tarjih“ („Tenglik va tarjih haqida risola“); „Duraru-l-favoidfi-l-axloq“ („Axloqqa oid foydali maslahatlar durdonasi“); „al-Mavoziyn fi sharhi-l-qavoniyn“ („Qonunlarni sharhlash haqidagi mezonlar“, yetti jilddan iborat asar); „Sharhuf ususi-l-hikam li ibn Arabiy“ ("Ibn Arabiyning „Fususu-l-hikam“ asariga sharh").

Manbalar