Elxon Luqmonxon (Mo‘g‘ulcha; ) — soʻnggi Elxoniy hukmdor.

Hayoti Luqmonxon Boʻrchigin sulolasiga mansub boʻlib, Toʻgʻa Temurning oʻgʻlidir. Uning bolalik davri haqida maʼlumot mavjud emas. 1353-yilda otasi oʻldirilgandan keyin Astrobodda qarorgoh qurgan ukasi Amir valiy bilan davlatni oʻzaro boʻlib olgan. Shu paytdan boshlab Luqmonxonning ukasi Astrobod va Xurosonda Sarbadorlar davlati bilan oʻzaro urushlarni davom ettiradi. Qoʻshnilari bilan uzoq davom etgan urushlar Luqmonxon davlatini zaiflashtirgan. Natijada uning mulklari Xurosonning gʻarbiy chegaralariga qadar qisqarib ketadi. Luqmonxon 1381—1382-yillarda dastlab hukmronligini tan olgan Amir Temur askarlari tomonidan magʻlubiyatga uchratiladi. 1386-yilda Temur Astrabad va Mozandaronni bosib olish orqali Luqmonxon hokimiyatiga butunlay barham bergan.

Manbalar

Turkum:1388-yilda vafot etganlar Turkum:1353-yilda tugʻilganlar Turkum:Hukmdorlar Turkum:Moʻgʻullar Turkum:Eron tarixi