Ruslanbek Jiyanov (2001-yil 5-iyunda Jizzaxda tugʻilgan) — oʻzbek futbolchisi, „Navbahor“ klubi va Oʻzbekiston Olimpiya futbol terma jamoasi hujumchisi.

Futbolchilik faoliyati Ruslanbek Toshkentning „Paxtakor“ klubi tarbiyalanuvchisi hisoblabnadi. 2020-yil mavsum soʻnggida yangi tashkil etilgan „Olimpik“ klubi tarkibiga qoʻshildi. Professional futboldagi debyutini Oʻzbekiston Pro ligasida 2021-yilda „Olimpik“ jamoasida oʻtkazgan. Jiyanov „Olimpik“ da 2 mavsum oʻtkazib, 42 ta oʻyinda maydonga tushib, 7 ta gol urgan.

2023-yilda Rossiyaning „Pari NN“ klubining katta qiziqishiga sabab boʻldi va rus klubiga transferi amalga oshirildi. Yangi klubi bilan shartnomaga koʻra 2023-yil yozgi transfer oynasi vaqtigacha „Olimpik“ jamoasi safida toʻp suradigan boʻldi. 2023-yil 24-iyulda ijara shartnomasi yakunlangacha Jiyanov rus klubi tarkibiga uchib ketdi. Rus klubi tarkibida birorta ham oʻyinda maydonga tushmay, oʻyin amaliyotisiz qolgan Ruslan 2023-yil 31-dekabrda Namanganning „Navbahor“ jamoasiga bir yillik ijara asosida oʻtdi.

Milliy terma jamoa Ruslanbek 2020-yildan buyon Oʻzbekiston U 23 terma jamoasi aʼzosi hisoblanadi. U 23 terma jamoasi bilan birgalikda Toshkent oʻtgan Osiyo Chempionati U 23 2022 musoboqasida ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. Kattalar safidagi, Oʻzbekiston terma jamoasidagi debyuti 2022-yil Rossiya terma jamoasiga qarshi uchrashuvda boʻib oʻtdi.

Yutuqlari

AFC U-23 Osiyo chempionati 2022: Ikkinchi oʻrin (1)

Mukofotlari 2025-yil 6-iyunda Oʻzbekiston iftixori faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Manbalar

Havolalar

Ruslanbek Jiyanov transfermarkt

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Toshkentlik futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Olimpik jamoasi futbolchilari Turkum:FC Pari Nizhny Novgorod futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari‎ Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Rossiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Futbol boʻyicha Osiyo oʻyinlari sovrindorlari Turkum:Osiyo oʻyinlari 2022 futbolchilari Turkum:2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi futbolchilar Turkum:FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari Turkum:„Oʻzbekiston iftixori“ unvoni bilan taqdirlanganlar