Zahiriddin Xilvatiy (vaf. 800 h.q./1398 m.) – “Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Shayx Sayfiddin Xilvatiyning muridi, Zayniddin Abubakr Toybodiy va Shayx Abuyazid Puroniyning zamondoshi. U Qurʼoni karimni toʻliq yod olib, yetti xil qiroat bilan oʻqigan. Chillada oʻtirganida oʻn kunda bir marta iftorlik qilgan. Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx haqidagi bobni aynan kiritgan.

Manbalar Turkum:Navoiyshunoslik