Abulhasan Bujayriy Xushufagʻoniy (arabcha: أبو الحسن بجيري خوشوفغاني — Abulhasan Muhammad ibn Umar Bujayriy Xushufagʻoniy) — roviy.
Abulhasan Bujayriy Xushufagʻoniy muhaddis Abu Hafs Bujayriyning oʻgʻli boʻlib, Bujayrilar silsilasiga mansubdir. Ustozi Abulhasan Bujayriy Xushufagʻoniy hadis ilmi sir-asrorlarini otasi Abu Hafs Bujayriydan oʻrgan va hadis rivoyat qilgan. Oʻz navbatida Abulhasan Bujayriydan koʻplab allomalar hadis rivoyat qilganIsaev Y., Abbosov A. Ishtixoniy allomalar. Imom Buxoriy xalqaro markazi. 2016. 58.. Vafoti Abdulloh Abdulhamid Saadning „Oʻrta Osiyo olimlari qomusi“da keltirilishicha Abulhasan Bujayriy hijriy 345 yil rabiʼ al-avval (milodiy 956 yil iyun) oyida vafot etganQarang: Abdulloh Abdulhamid Saad. Oʻrta Osiyo olimlari qomusi. — T.: Imom Buxoriy respublika ilmiy-maʼrifiy markazi nashriyoti, 2007. 108.. Adabiyotlar
Turkum:Muhaddis Turkum:Roviylar Turkum:Samarqandlik allomalar