Zuhhodxon – “Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan turkistonlik tasavvuf shayxi. Sharqiy Turkistonda tugʻilib, voyaga yetgan. Buxoro madrasasida taʼlim olgan. Soʻng Xorazmga borib, Shayx Naj­middin Kubroga murid tushgan. Shayxdan ijozat olganidan keyin Xurosonga kelib, kubraviylik tariqatining yoyilishiga oʻz hissasini qoʻshgan. Qabri Chechaktu Hisor viloyatida. Ushbu shayx haqidagi faslni “Nasoyim ul-muhabbat”ga Alisher Navoiyning oʻzi yozib, kiritgan.

Manbalar Turkum:Navoiyshunoslik