Qalbaki oʻyin (The Imitation Game) 2014-yilda ekranlarga chiqarilgan tarixiy drama janridagi AQSh filmidir. Black Bear Pictures, Bristol Automotive va Orange Corp studiyalari tomonidan ishlangan hamda The Weinstein Company tomonidan tarqatilgan. Film rejissori — Morten Tyldum, produserlari — Nora Grossman, Ido Ostrowsky va Teddy Schwarzman, ssenariy muallifi esa Graham Mooredir. Filmda bosh rollarni Benedict Cumberbatch, Keira Knightley, Matthew Goode, Rory Kinnear, Charles Dance va Mark Strong ijro etgan.

Filmning ilk relizi 2014-yilda boʻlib oʻtgan. Film mablagʻi $14 millionni tashkil etib, kartina umumjahon boʻylab $233 million daromad qilgan.

Syujeti 1951-yilda ikki politsiyachi — Nock va Staehl matematik Alan Turingni uyiga bostirib kirib, uni soʻroq qiladi. Soʻroq paytida Turing Nockga Ikkinchi jahon urushi paytida Bletchley Parkda ishlagan vaqtini soʻzlab beradi.

1928-yilda yosh Turing maktab-internatda oʻqiydi. U u yerda oʻzini baxtsiz his qilardi. Shuningdek, maktab-internatdagi boshqa oʻquvchilar uni masxara qilishardi. Kunlarning birida Turing Christopher Morcom bilan doʻstlashadi. Christopher Turningda kriptografiyaga nisbatan qiziqish uygʻotadi. Vaqt oʻtib Turing uni yoqtirib qoladi. Biroq, Christopher koʻp oʻtmay sil kasalligidan vafot etadi.

1939-yilda Buyuk Britaniya Germaniyaga urush eʼlon qilganda, Turing Bletchley Parkga boradi. Komandor Alastair Denniston boshchiligida u Hugh Alexander, John Cairncross, Piter Hilton, Keith Furman va Charles Richardsdan iborat kriptografiya jamoasiga qoʻshiladi. Jamoa natsistlar kodlangan xabarlarni joʻnatish uchun ishlatadigan Enigma mashinasini analiz qilishga harakat qiladi.

Rollarda

Oʻzbekcha dublyaj Elyor Nosirov — Alan Turing Feruza Musayeva — Joan Clarke Shomahmud Rasulov Erkin Bozorov Abdujabbor Fayziyev Baxtiyor Yusupov Nazokat Abdurahmonova

Dublyaj rejissori — Javohir Akromov.

Musiqasi

Manbalar

Havolalar

Turkum:2014-yil filmlari Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:AQSh filmlari Turkum:AQSh triller filmlari Turkum:AQSh dramatik filmlari Turkum:LGBT mavzuli filmlar