Vladislav Kasminin (; ; 1990-yil 17-yanvarda tugʻilgan) — belaruslik sobiq professional futbolchi. Himoyachi pozitsiyasida oʻynagan.
Faoliyati Professional faoliyatini 2005-yilda „Naftan“ da boshlagan. Klub bilan 2009-yilda Belarus futbol kubogini qoʻlga kiritgan. Turli vaqtlarda Polotsk (2010), Volna (Pinsk) (2011—2012), Granit (Mikashevichi) (2013), Vitebsk (2014) klublarida ijarada oʻynagan.
2015-yilgi mavsumda yana „Naftan“ga qaytdi, ammo asosiy tarkib oʻyinchisi boʻla olmadi. 2015-yilning dekabrida Novopolotsk klubini tark etdi, 2016-yil fevralida Granit klubiga qoʻshildi. 2016-yilning iyul oyida moliyaviy muammolar tufayli „Granit“ futbolchini Grodnoning „Neman“iga transfer qildi. Kasminin klubda himoya markazida oʻzini yaxshi koʻrsata oldi.
2017-yilning yanvar oyida Oʻzbekistonning „AGMK“ klubi bilan shartnoma imzoladi. Himoyachi sifatida birinchi mavsumda 7 ta gol urdi. Rossiyalik murabbiy Viktor Kumikov qoʻl ostida oʻynagan va u ketishi bilan Kasminin ham klubini oʻzgartirishga qaror qilgan.
2019-yilning yanvarida Qozogʻistonning Koʻkshetauning „Oqjetpes“ klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi. Klubda 12 ta o‘yin o‘tkazdi, faqatgina „Taraz“ darvozasiga gol ura oldi. 4-iyul kuni u tomonlarning oʻzaro kelishuviga koʻra shartnomani bekor qilindi. Soʻng AGMKga qaytdi. Klubda 2019-yilgi mavsum oxirigacha oʻynadi. 2020-yilgi mavsumning ikkinchi yarmini „Qizilqum“ tarkibida oʻtkazdi.
2021-yilning fevral oyida Namanganning „Navbahor“ jamoasiga oʻtdi, biroq bir hafta oʻtib „Turon“ safiga qoʻshildi. Jamoada asosiy tarkib oʻyinchisi boʻldi. Dekabr oyida klubni tark etdi.
2022-yilning yanvar oyida futbolchi faoliyatini „Istiqlol“da davom ettirishi haqida maʼlumot paydo bo‘lgandi. 2022-yilning fevral oyi boshida klub bilan shartnoma imzoladi. Klubdagi debyutini 2022-yilning 11-aprelida OChLda „Al Sharja“ga qarshi oʻyinda o‘tkazdi. 2022-yil 27-aprel kuni Amirlikning „Al-Sharja“ klubiga qarshi o‘yinda debyut golini kiritdi.
2022-yilning dekabr oyida futbolchining „Metallurg“ga oʻtishi haqida maʼlumot paydo boʻlgandi. 2023-yilning yanvar oyida futbolchi rasman Metallurgga oʻtdi.
Faoliyat statistikasi Klub
KlubMavsumLigaMilliy kubokLiga kubogiQitʼaBoshqaJamiDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarGranit Mikashevichi2016Belarus Premyer Ligasi14100 - - -141Neman Grodno2016Belarus Premyer Ligasi11110 - - -121AGMK2017Oʻzbekiston Superligasi27620 - -21317201826240 - - -302Jami53860----21619Okzhetpes2019Qozog‘iston Premyer Ligasi12110 - - -131AGMK2019O‘zbekiston Superligasi702010 - -100Qizilqum Zarafshon2020Oʻzbekiston Superligasi11100 - - -111Turon Yaypan2021Oʻzbekiston Superligasi20230 - - -232Istiklol2022Oʻzbekiston Oliy ligasi16150 -5110272Metallurg Bekabod2023Oʻzbekiston Superligasi1000 - - -10Jami1451518010513117217
Yutuqlari
Naftan Novopolotsk
Belarus kubogi (1): 2008-09
AGMK
O‘zbekiston kubogi (1): 2018
Istiqlol
Tojikiston Oliy ligasi (1): 2022 Tojikiston kubogi (1): 2022 Tojikiston Superkubogi (1): 2022
Manbalar
Havolalar
Turkum:1990-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Belaruslik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Metallurg Bekobod klubi futbolchilari Turkum:AGMK futbolchilari Turkum:Qizilqum klubi futbolchilari Turkum:Turon klubi futbolchilari Turkum:FC Naftan Novopolotsk futbolchilari Turkum:FC Polotsk futbolchilari Turkum:FC Volna Pinsk futbolchilari Turkum:FC Mikashevichi futbolchilari Turkum:FC Vitebsk futbolchilari Turkum:FC Neman Grodno futbolchilari Turkum:Oqjetpes klubi futbolchilari Turkum:Istiqlol Dushanbe klubi futbolchilari Turkum:FC Maktaaral futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Belaruslik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Qozogʻistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Tojikistondagi muhojir erkak futbolchilar