Aditya Prateek Singx Sisodia (1985-yil 19-noyabrda tugʻilgan) sahnada Badshah nomi bilan tanilgan hindistonlik reper, qoʻshiqchi, kino prodyuseri va hind, haryanvi va panjob tillarida yozilgan musiqalar muallifi boʻlgan biznesmendirGodha, Ronak (19 February 2016) Badshah Live Musical Concert – Ft. Aastha Gill & DJ Rebirth on 21st Feb. EdYouCatives21-oktyabr-190536/http://www.hindustantimes.com/chandigarh/packed-in-promise/article1-1169384.aspx Packed in promise | chandigarh. Hindustan Times (5 January 2014). Retrieved 16 October 2015.I don't want to compose Bollywood albums: Badshah. The Indian Express (14 June 2015). Retrieved 10 August 2015.. U oʻz karyerasini 2006-yilda Yo Yo Honey Singx bilan birga Mafia Mundeer Hip Hop guruhida boshlagan. Ijodkor 2012-yilda guruhdan ajralib chiqadi va oʻzining mustaqil ravishda haryanvi tilida yozilgan 2016-yilda Bollivudning „Kapoor & Sons“ nomli filmiga kiritilgan „Kar Gayi Chull“ nomli qoʻshigʻini chiqaradi. Uning musiqasi 2014-yilda ishlab chiqarilgan Bollivudning „Humpty Sharma Ki Dulhania“ va Khoobsurat nomli filmlari uchun saundtrek sifatida ishlatilgan. U Genda Phool va Pagal kabi qoʻshiqlari uchun Hindistonning eng koʻp maosh oluvchi sanʼatkorlaridan biri va bahs-munozaralarga sababchi boʻlgan reper hisoblanadi.
Hayoti va oilasi Badshoh Dehlida tavallud topadi. Otasi Haryanalik, onasi esa Panjoblik boʻladiWhenever I need inspiration, I go to Delhi: Badshah, The Times of India (11 July 2014). Retrieved 16 October 2015.. U Yasemin ismli ayol bilan turmush quradiDid you know bad boy Badshah is a cute loving husband in real! Meet his adorable wife , Dainik Bhaskar, 16 November 2015.. Ularning Jessi Greys Masih Singx (2017-yil 11-yanvarda tugʻilgan) ismli qizi bor.
U musiqachi boʻlishdan oldin Varanasidagi nufuzli Banaras Hindu universitetiga matematika sohasi boʻyicha oʻqishga kiradi va Chandigarh PECda qurilish muhandisligi sohasida tahsil oladi. U yerda yangi panjabi musiqasi bilan tanishgani uni "rep" yozishiga turtki boʻldi. Agar u reper boʻlmaganida, hozirda IAS xodimi boʻlishi mumkinligini taʼkidlagan edi4-iyul-131443/http://m.hindustantimes.com/chandigarh/packed-in-promise/article1-1169384.aspx Packed in promise. Hindustan Times. (5 January 2014). Retrieved 10 August 2015..
Karyerasi U musiqa sohasidagi faoliyatini „Cool Equal“ nomi bilan boshlagan, ammo keyinchalik ismini Badshahga oʻzgartirgan. U ommaga gʻayritabiiy usulda talqin qilingan „Ish yo boy Baad-uh-sh-aa-ah“, yaʼni „bu sizning Badshahingiz“ nomli iborasini qoʻllashi bilan tanilgan.
2018-yilda Badshah oʻzining - „ONE“ („Haqiqiysi hech qachon tugamaydi“) nomli albomini ommaga taqdim etdi.
Ijodkor 2020-yil 7-avgustda klassik pop va xip-xop usulida yozilgan 8 ta trekdan iborat, Lisa Mishra, Sikander Kahlon, Fotty Seven, Bali and Music Producer Andy Grewal kabi ijrochilarining dasturlarini oʻz ichiga olgan „The Power of Dreams of a Kid“ nomli albomini chiqardi. 225x225px|Badshah Raftaar ismli reper bilan.|border|right|frameless
Filmdagi karyerasi Badshahning aytishicha, Karan Johar unga „Lust Stories“ va „Good Newwz“ kabi filmlarda rol ijro etishini taklif qilgan, lekin popyulduzi baʼzi sabablarga koʻra bu taklifni rad etgan. Quyida keltirilgan jadvalda Badshah butun hayoti davomida rol ijro etgan yagona film keltirilgan. Yil Film Rol Izohlar 2019 Khandaani Shafakhana Gabru Ghaatak Debyut film 2022 Ek Villain Returns Badshoh Kameo
Biznesdagi martaba thumb|170x170px| Badshah oʻzining BADFIT brendining futbolkasini kiygan. Badshoh bir necha marta oʻzining biznes tashabbuslari haqida gapirgan, u 2018-yilda „Take OFF“ qoʻshigʻida uning kamida 9 xil biznes loyihalari borligini taʼkidlagan. BADFIT Clothing, Dragonfly Experience, Afterhours Productions - uning baʼzi taniqli brendlari hisoblanadi.
Manbalar
Havolalar
Turkum:1985-yilda tugʻilganlar Turkum:Dehli xalqi Turkum:Yashayotgan insonlar