Alisson Becker (1992-yil 2-oktyabrda tugʻilgan) — Alisson Becker yoki oddiygina Alisson nomi bilan tanilgan, braziliyalik professional futbolchi. Premyer-liga klubi "Liverpool" va Braziliya terma jamoasida darvozabon sifatida oʻynaydihttps://web.archive.org/web/20180719210635/https://www.liverpoolfc.com/news/first-team/307801-liverpool-confirm-alisson-deal. Birga-bir vaziyatlarda agressiv harakati va doimo oʻziga boʻlgan ishonchi tufayli u dunyoning eng yaxshi darvozabonlaridan biri hisoblanadi. U 2016-yil iyul oyida „Roma“ bilan shartnoma imzolagan va 2017-18-yilda A Seriyaning eng yaxshi darvozaboni boʻlgan. 2018-yilning iyul oyida „Liverpool“ Beckerni 66,8 million funt sterling (72,5 million yevro) evaziga sotib oldi va bu uni barcha davrlarning eng qimmat darvozaboniga aylantirdihttps://www.sportsunfold.com/top-10-best-football-goalkeeper-in-the-world-2022/. „Liverpool“ da Becker Angliya Premiyer-liga, Angliya kubogi, Angliya liga kubogi, UEFA Chempionlar Ligasi va FIFA klublar oʻrtasidagi jahon chempionati sovrindori boʻldi. 2019-yilda u FIFAning eng yaxshi darvozaboni deb topildi va ilk bor Yashin mukofoti sohibi ham boʻldihttps://web.archive.org/web/20210421035750/https://www.fourfourtwo.com/features/best-goalkeepers-world-top-ranked-jan-oblak-alisson-ter-stegen-courtois-de-gea-liverpool-real-madrid-man-utd.

Becker 2015-yilda oʻzining katta xalqaro debyutini oʻtkazgunga qadar Braziliyaning turli yosh toifasidagi jamoalarida mamlakat sharafini himoya qilgan. U 2018 va 2022-yillarda FIFA Jahon chempionatida va 2016, 2019 va 2021-yillarda Copa Amerika da qatnashgan va 2019-yilgi turnirda gʻolib chiqqan va shu bilan birga u eng yaxshi darvozabon nomini ham olgan.

Klublardagi faoliyati Internacional

Alisson dastlab 2002-yilda Novo Hamburgo shahridagi „Internacional“ akademiyasiga qabul qilingan. U 4 yil davomida muvaffaqiyatli harakat qilgach, 2016-yil Italiyaning Roma klubi bilan shartnoma imzolaydi.

Roma A.Becker Italiya A seriyasining "Roma" klubiga oʻtishini 2016-yil iyul oyida yakunladi. U klubdagi debyutini shu yilning 17-avgustida UEFA Chempionlar Ligasi "Portu"ga qarshi 1:1 hisobidagi durrang bilan boshlagan. U 2017-2018-yilgi Chempionlar ligasidagi oʻyinlari bilan esda qoldi. "Liverpool"ga qarshi oʻyingacha "Olimpiko" stadionida birorta ham gol oʻtkazib yubormadi. 2018-yil 2-may kuni yarim finalda ular 4:2 hisobida gʻalaba qozonganiga qaramay, umumiy hisobda 7:6 hisobi bilan turnirdagi ishtirokini yakunlagan.

Liverpool 2018-yilning 19-iyul kuni „Liverpool“ Beckerni sotib olganini tasdiqladi. U 12-avgust kuni „Liverpool“ safida debyut qildi va „West Ham United FC“ga qarshi oʻyinda 4:0 hisobi bilan oʻz darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Avgust oyida Becker Chempionlar Ligasi mavsumining eng yaxshi darvozaboni uchun nomzodlar roʻyxatiga kiritildi va yakunda 2-oʻrinni egalladi. 2019-yilgi FA Community Shieldda "Manchester City"ga qarshi maydonga tushdi va 1:1 hisobidagi durangdan keyin penaltilar seriyasida 5:4 hisobi bilan „Manchester City“dan ustun keldi. 21-dekabr kuni Becker 2019-yilgi FIFA klublar oʻrtasidagi JCH finalida "Flamengo"ga qarshi kechgan bahsda oʻz darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi va ilk bor kulub ushbu kubokni qoʻlga kiritdi. 2020-yil 20-sentabrda "Chelsi" ustidan 2:0 hisobidagi gʻalaba qoʻlga kiritildi. 2021-yilda „Liverpool“ Becker bilan 2027-yilning yozigacha moʻljallangan yangi shartnomani imzoladi. 2022-yil 15-mayda Becker klubi bilan Angliya kubogi sohibi boʻldi. 2022-yil 16-oktabrda Becker Mohamed Salahning "Manchester City"ga urgan goliga assistentlik qildi.

Shaxsiy hayoti

Beckerning akasi Muriel ham darvozabon va u ham Internacional klubidan yetishib chiqqan. Uning otasi tomondan oilasi nemis millatiga mansub boʻlsa, onasi tomondan esa portugal millatiga mansubdir. Alisson italyan, portugal va ingliz tillarida gaplasha oladi. 2015-yilda braziliyalik shifokor Natalya Lengauer bilan turmush quradi. Ularning Xelena (2017-yil tugʻilgan) ismli qizi va Matteo (2019-yilda tugʻilgan) ismli oʻgʻli bor.

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Braziliyalik erkak futbolchilar

Turkum:Liverpool F.C. futbolchilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:Braziliyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Braziliya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2018 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2022 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari Turkum:Copa América Centenario oʻyinchilari Turkum:Copa América 2019 oʻyinchilari Turkum:Copa América 2021 oʻyinchilari Turkum:Copa América 2024 oʻyinchilari Turkum:Copa América Centenarioda gʻolib boʻlgan oʻyinchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar