Ivy Liga Amerika Qo'shma Shtatlarining shimoli-sharqidagi sakkizta xususiy ilmiy tadqiqot universitetlarini o'z ichiga olgan Amerika universitetleri sport konferensiyasidirhttps://en.wikipedia.org/wiki/List_of_NCAA_conferences."Ivy League" nomi ushbu universitetlardagi eski binolar atrofida o'sadigan pechak kurtaklaridan kelib chiqqanhttps://uz.wikipedia.org/wiki/Pechaklar_ligasi. Ligaga kiritilgan universitetlar yuqori sifatli ta'lim tizimiga ega. Ivy liga a'zolari: Brown universiteti, Kolumbiya universiteti, Cornell universiteti, Dartmouth kolleji, Garvard universiteti, Princeton universiteti, Pensilvaniya universiteti va Yale universitetidir.
Ivy liga 1933-yildan beri faoliyat yurutishiga qaramasdan, 1954-yilda, Atletika konferensiyasi tashkil etilgandan keyingina rasmiy tashkilot sifatida ish boshladi. Korneldan tashqari barcha "Ivy" mustamlaka davrida tashkil etilgan universitetlardir. Ular Amerika inqilobidan oldin tuzilgan to'qqizta kolonial universitetlarning yettitasini tashkil qiladihttps://en.wikipedia.org/wiki/Colonial_colleges. Boshqa ikkita kolonial kollejlar esa, Rutgers universiteti–Newark, Uilyam va Meri kolleji davlat muassasalariga aylandihttps://en.wikipedia.org/wiki/College_of_William_%26_Mary.
Ivy liga universitetlari dunyodagi eng nufuzli universitetlari sarasiga kiradi. Sakkizta universitetning barchasi 2023-yilgi US News & World Report National universitetlar reytingining eng yaxshi 18 taligidan joy oldi shu jumladan uchta Ivyning, birinchi beshlikka kirganlari (Yale universiteti, Garvard universiteti va Princeton universiteti) ham borhttps://uz.wikipedia.org/wiki/U.S._News_%26_World_Report_kollejlar_reytingi. "US News" 2001-yildan beri har yili Ivy ligasi eng yaxshi milliy universitetlarni e'lon qilib boradi. 2020-yilga kelib Princeton o'n bir marta, Garvard ikki marta g'olib bo'lgan va bu ikkita Ivy besh marta teng raqobatlashgan. Sakkizta Ivy barchasi Amerika tadqiqot universitetlarining eng nufuzli ittifoqdosh bo'lib Amerika Universitetlari Assotsiatsiyasining a'zolaridirhttps://en.wikipedia.org/wiki/Association_of_American_Universities.
A'zo Universitetlar +Universitet nomiTashkil etilgan yilJoylashgan shahriBakalavriat soniArizachilarning qabul foiziIvy ligadagi universitetlar logosiBrown universiteti1764Rod-Aylend7,3496.6%center|frameless|86x86pxKolumbiya universiteti1754New York (shahar)8,1485.1% Cornell universiteti1865New York (shahar)15,50310.6% Dartmouth kolleji1769Nyu-Xempshir4,5567.9%center|frameless|89x89pxGarvard universiteti1636Kembrij (shahar)7,1534.5%center|frameless|83x83pxPrinceton universiteti1746New Jersey5,3215.8%center|frameless|103x103pxPensilvaniya universiteti1740Filadelfiya9,9627.4%center|frameless|98x98pxYale universiteti1701Konnektikut6,5365.9%border|center|frameless|89x89px Universitetlarning moliyaviy holati Ivy Ligasi universitetlari dunyodagi eng yirik moliyaviy fondlariga ega bo'lib, o'z talabalariga akademik dasturlari, moliyaviy yordamlari va ilmiy ishlari uchun anchagina resurslarni taqdim etadilar. 2021-yil holatiga ko'ra Garvard o'z talabalariga va boshqa xarajatlari uchun 53,2 milliard dollar ajratdi. Har bir universitet federal hukumat va xususiy manbalardan har yili millionlab dollar tadqiqot mablag'larini jalb qiladi.
Akademik Reytingi Ivy Liga qabul darajasi juda past bo'lib, taxminan 10% yoki undan pastroq. Kelasi 10 yilgi o'rin uchun sakkizta universitet oltitasining qabul ko'rsatkichlari 6% dan pastligini e'lon qildihttps://en.wikipedia.org/wiki/Ivy_League#Admissions. Ivy ning asosiy qismini Amerika Qoʻshma Shtatlari shimoli-sharqidagi talabalar talabalar tashkil qilsada qabul qilingan talabalar turli xil millat va elat vakillaridir.
Talabalarning ilmiy salohiyati Bugungi kunda Ivy ligasi 68000 ga yaqin talabalari AQShdagi talabalarni umumiy sonining 0,4 foizini tashkil qiladi.https://www.bestcolleges.com/blog/history-of-ivy-league/ Ivy ligasi bitiruvchilari hukumat va siyosatda yuqori o'rinlarni egallab kelishgan. AQSHning jami 15 prezidenti Ivy liga universitetlarida o'qigan. Manbalar
Turkum:AQShdagi_universitetlar