Toshkent axborot texnologiyalari universititetining Nukus filiali(qisqartmasi — TATU Nukus filiali) — Nukus shahridagi oliy oʻquv yurti boʻlib, informatika va axborot texnologiyasia, televideniye, telekommunikatsiyalar boʻyicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 30 maydagi „Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot kommunikatsiya texnologilarini joriy etish to‘g‘risida“ gi Farmoni va 2005 yil 2-iyuldagi „Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida“ O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligigi Qaroriga muvofiq ning 2005 yil 17-iyundagi 130-sonli buyrug‘i bilan tashkil etilgan.
Filialda hozirgi kunda 2 ta oʻquv binosi mavjud, eski oʻquv binosida 2005 yildan va yangi oʻquv binosida 2009 yil sentyabr oyidan dars mashgʻulotlari olib borilmoqda. Filialda 2 ta fakultet, 8 ta kafedra mavjud bo‘lib, ularda 69 nafar professor-o‘qituvchilar, shulardan 4 ta fan doktori va professor, 14 nafar dotsent va fan nomzodlari faoliyat olib bormoqdalar. Filialning 2 ta magistr hamda 6 ta bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha jami 1727 nafar talaba tahsil olmoqda. Shuningdek, O‘zbek-Belorus qo‘shma axborot texnologiyalari fakultetida 2 ta taʼlim yo‘nalishida 66 nafar talaba tahsil oladi. Filialda 256 ta xozirgi zamonaviy kompyuterlar mavjud bo‘lib, ulardan o‘quv jarayonida bevosita 213 tasi foydalaniladi va 5 talabaga 1 ta kompyuterdan to‘g‘ri keladi. Filialda barcha kompyuterlar bir-biri bilan lokal tarmoqqa 2 ta server kompyuteri orqali ulangan. Filialda 2 ta EPSON EB-595Wi interaktiv videoproektor, 18 ta proyektor va 5 ta elektron, 2 ta keng formatli avtomatik boshqariladigan doskalar mavjud bo‘lib, professor o‘qituvchilar maruza va laboratoriya ishlarini ushbu texnik vositalari orqali amalga oshirish imkoniga ega.
Fakultetlar Kompyuter injiniringi fakulteti Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb taʼlim fakulteti Kafedralar Dasturiy injiniring Axborot texnologiyalari Axborot xavfsizligi Kompyuter tizimlari Axborot taʼlim texnologiyalari Tabiiy va aniq fanlar Telekommunikatsiya injiniringi Raqamli texnologiyalar va iqtisodiyot Oʻzbek va chet tillari
Bakalavr yoʻnalishlari Kunduzgi # Shifr Taʼlim yoʻnalishi nomi160610300Axborot xavfsizligi (sohalar boʻyicha)260610501Kompyuter injiniringi: „Kompyuter injiniringi“360610504Kompyuter injiniringi: AT-Servis460610502Kompyuter injiniringi: multimedia texnologiyalari560610600Dasturiy injiniring660611001Telekommunikatsiya texnologiyalari („Telekommunikatsiyalar“)1160611300Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb taʼlimi1360310502Raqamli iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)
Sirtqi # Shifri Nomi160610503Kompyuter injiniringi („Kompyuter injiniringi“, „AT-servis“, „Axborot xavfsizligi“, „Multimedia texnologiyalari“)360611002Telekommunikatsiya texnologiyalari („Telekommunikatsiyalar“, „Teleradioeshittirish“, „Mobil tizimlar“) Magistratura yoʻnalishlari # Taʼlim yoʻnalishi nomi Shifr1Kompyuter injiniringi (Kompyuter tizimlarini loyixalash)5A3305012Telekommunikatsiya injiniringi (Telekommunikatsiya tarmoqlari)5A350101 Boshqa Filiallar Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Fargʻona filiali Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Qarshi filiali Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Samarqand filiali Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Urganch filiali Direktorlar Qurishbaev Qazbek Oqigʻiuli (2005-2007) Turusbekov Rafael Muxamedovich (2007-2009) Mendibaev Aydos Satibaldi (2009-2012) Abdikadirov Taufik Nurliuli (2012-2014) Gʻaniev Ravshan Sabirovich (2014-2017) Kasimov Nuriddin Abduaziz oʻgʻli (2017-2018) Abduraxmanov Shapratbek Kadirovich (2018-2019) Asuyev Anvarjon Qudratovich (2019-2020) Ziyaullayeva Zuxra Mahmud qizi (2020-2023) Kaipbergenov Batirbek Tulepbergenovich (2023—2024)
Galereya
Manbalar
Havolalar Universitet sahifasi TATU NF — Jańalıqlari kanali Telegramda TATU Nukus filiali rasmiy sahifasi Facebookda
Turkum:Qoraqalpogʻistondagi universitetlar Nukus