thumb|500px|Metrik sistemaga oʻtish sanalari. Qora rangda SI tizimini asosiy yoki yagona tizim sifatida qabul qilmagan davlatlar (Liberiya, Myanma, AQSH), belgilangan.Xalqaro birliklar tizimi yoki SI () — fizik kattaliklarning asosiy va hosilaviy oʻlchov birliklar tizimi. 1960-yilda oʻlchov va tarozilar boʻyicha Parijda oʻtkazilgan 11-Bosh konferensiyada qabul qilingan. Xalqaro birliklar tizimini yettita asosiy birlik, ikkita qoʻshimcha birlik va hosilaviy birliklar tashkil etadi. Asosiy birliklar: uzunlik birligi — metr (m), massa birligi — kilogramm (kg), vaqt birligi — soniya (s), termodinamik temperatura birligi — Kelvin (K), tok kuchi birligi — amper (A), yorugʻlik kuchi — sham, kandela (kd) va modda miqdori — mol (mol). Qoʻshimcha birliklar: yassi burchak birligi — radian (rad), fazoviy burchak birligi — steradian (ster). Hosilaviy birliklar asosiy oʻlchov birliklaridan foydalanib maʼlum fizik qonuniyat asosida aniqlanadi. Bunda koeffitsiyent oʻlchamga ega emas va birga teng deb olinishi kerak.

Fizik kattalikning berilgan birliklar tizimidagi asosiy fizik kattaliklar oʻlchamlari bilan bogʻlanishi ifodasiga shu kattalikning oʻlchamliligi deb ataladi. SI tizimida asosiy kattaliklar uzunlik, massa, vaqt, elektr toki kuchi, termodinamik temperatura, yorugʻlik kuchi, modda miqdori oʻlchamliklari mos ravishda L, M, T, I, Q, J, L^ belgilari orqali ifodalanadi. Xalqaro birliklar tizimi fan va texnikaning barcha sohalarini oʻz ichiga kamrab oladi. Xalqaro birliklar tizimit.da mexanik, issiklik, elektr, magnit va boshqa kattaliklar oʻzaro bogʻlangan boʻladi. Ushbu tizimning asosiy va hosilaviy birliklari amaliy oʻlchashlar uchun juda qulay hisoblanadi. SI oʻlchov birliklari Asosiy oʻlchov birliklar Kattalik BirlikNomlanishi Oʻlcham belgisi Nomlanishi Belgilanishi Oʻzbekcha fransuzcha/inglizcha oʻzbekcha xalqaro Uzunlik L metr mètre/metre m Massa M kilogrammPo istoricheskim prichinam, nazvanie „kilogramm“ uje soderjit desyatichnuyu pristavku „kilo“, poetomu kratnie i dolnie edinitsi obrazuyut, prisoedinyaya standartnie приставки СИ k naimenovaniyu ili oboznacheniyu edinitsi izmereniya "gramm" (kotoraya v SI sama yavlyaetsya dolnoy: 1 g = 10−3 kg). kilogramme/kilogram kg Vaqt T soniya seconde/second s Tok kuchi I amper ampère/ampere A Termodinamik harorat Θ kelvin kelvin K Modda miqdoriN mol mole mol Yorugʻlik kuchiJkandela candela kd cd Hosilaviy birliklar Hosilaviy birliklar asosiy oʻlchov birliklarini ustida oshirilgan matematik amallar natijasida yuzaga kelgan.

+ Hosilaviy birliklarKattaliklar Oʻlchov birliklar Belgilanishi Ifodasi oʻzbekcha nomlanishi xalqaro nomlanishi oʻzbekcha xalqaroYassi burchak radian radian rad m·m−1 = 1Hajmiy burchak steradian steradian sr m²·m−2 = 1 Harorat (selsiy shkalasi boʻyicha)Selsiy darajasi degree Celsius °C KChastota Gers hertz Gs Hz s−1Kuch Nyuton newton N kg·m/s²Energiya joul joule JN·m = kg·m²/s²Quvvat vatt watt Vt W J/s = kg·m²/s³Bosim Paskal pascal Pa N/m² = kg·m−1·s−2Yorugʻlik oqimi lumen lumen lm kd·srYorugʻlik lyuks lux lk lx lm/m² = kd·sr·m−2Elektr zaryadi kulon coulomb Kl C A·sPotentsiallar farqi volt volt V J/Kl = kg·m²·s−3·A−1Elektr qarshiligi om ohm Om Ω V/A = kg·m²·s−3·A−2Elektr sigʻimi farad farad F Kl/V = kg−1·m−2·s4·A²Magnit oqimi veber weber Vb Wb kg·m²·s−2·A−1Magnit induktivligi tesla tesla T Vb/m² = kg·s−2·A−1Induktivlik genri henry Gn H kg·m²·s−2·A−2Elektr o'tkazuvchanlik simens siemens Sm Om−1 = kg−1·m−2·s³A²Radioaktivlik bekkerel becquerel Bk Bq s−1Kuchaytirilgan doza ionlashgan nurlanish grey gray Gr Gy J/kg = m²/s²Samarali doza ionlashgan nurlanish zivert sievert Zv Sv J/kg = m²/s²Katalizator shiddati katal katal kat mol·s−1

SI ga kirmaydigan oʻlchov birliklari SI ga kirmaydigan baʼzi bir oʻlchov birliklari, Oʻlchashlar bosh konferentsiyasi qarori bilan „SI bilan birga qoʻllanishi mumkin“.

Oʻlchov birliklari Xalqaro nomlanishi Belgilanishi SI oʻlchov birliklarida oʻzbekcha xalqaro daqiqa minute min min 60 s soat hour soat h 60 min = 3600 s sutka day sut d 24 soat = 86 400 s gradus degree ° ° (π/180) rad burchak minuti minute ′ ′ (1/60)° = (π/10 800) burchak sekundi second ″ ″ (1/60)′ = (π/648 000) litr litre (liter) L l, L 1/1000 m³ Tonna tonne t t 1000 kg neper neper Np Np bel bel B B elektronvolt electronvolt eV eV ≈1,6021773310−19 J massaning atom birligi unified atomic mass unit a. e. m. u ≈1,660540210−27 kg astronomik birlik astronomical unit a. birl. ua ≈1,495978706911011 m dengiz mili nautical mile mil 1852 m (aniq) uzel knot uz 1 soatda bosib oʻtilgan 1 dengiz mili = (1852/3600) m/s ar are a a 10² m² gektar hectare ga ha 104 m² bar bar bar bar 105 Pa angstrem ångström Å Å 10−10 m barn barn b b 10−28 m²

Havolalar SI brochure Xalqaro oʻlchovlar va ogʻirliklar byurosining saytida SIning tavsifi. GOST 8.417-2002. Bir birlikdan boshqasiga oʻtuvchi kalkulyatorlar toʻplami.

Manbalar

Turkum:Fizika Turkum:Birliklar tizimi Turkum:Oʻlchov birliklari