Muzaffar Xoldarboyevich Soliyev (Музаффар Холдарбоевич Солиев, 1975-yil 22-may, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – oʻzbek davlat arbobi, 2021-2023-yillarda Nurafshon shahar hokimi, 2017—2021-yillarda Oʻzbekiston uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish vaziri.

Biografiya 1997-yilda Toshkent davlat texnika universitetini tugatgan.

1997—1999-yillarda Harbiy xizmatni oʻtagan.

1999—2015-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tizimidagi moddiy-texnik va harbiy taʼminot xizmatlarida turli lavozimlarda ishlagan.

2015—2017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining oʻrinbosari boʻlgan.

2017-yil 5-iyulda „Oʻzkommunxizmat“ agentligi negizida tashkil etilgan Uy-joy, kommunal xizmatlar vazirligiga rahbar etib tayinlandi.

2021-yil 14-yanvarda Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan „ishidagi kamchiliklar, qayta-qayta ogohlantirishlardan xulosalar chiqarilmaganligi uchun“ ishdan boʻshatilgan. Uning oʻrniga Sherzod Hidoyatov uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri etib tayinladi

15-yanvar kuni Nurafshon shahar hokimi etib tayinlandi va 2023-yil 6-aprelda ushbu lavozimdan ozod qilindi. Shu kuni qamoqqa olingani aytilgan.

2024-yil mart oyi boshlarida uning ishi jinoyat ishlari boʻyicha Shayxontohur tumani sudida koʻrib chiqilishi boshlanganMuzaffar Soliyev ishdan olindi. U javobgarlikka tortilishi mumkin. Sud hukmi bilan mamlakat Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasida (mansab soxtakorligi) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan. 7 yillik qamoq jazosiga tortilishi bilan birga 3 yil mobaynida moddiy javobgar shaxs lavozimida ishlash huquqidan ham mahrum etilgan. U soxta maʼlumotlar va yozuvlar kiritib hujjatlar tuzish, xoʻjalik yurituvchi subyektlar orqali pul mablagʻlarini naqdlashtirib, ularni uyushgan guruh aʼzolari oʻrtasida taqsimlash orqali moddiy daromad orttirish maqsad qilgani aytilganSobiq vazir yetti yilga qamaldi.

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar