Mavlono Asiriy (15–16-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan xurosonlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning endi tanila boshlayotgan shoir ekanligini, hozircha sheʼri shuhrat topmayotganligini aytib, nazmida masal aytishga intilish bor deb, quyidagi matlaʼsini keltiradi:Shudam az yor judovu ba balo uftodam,

Chi balo bud ki az yor judo uftodam.

(Mazmuni: Yorimdan ayrilib, baloga giriftor boʻldim,

ne balo boʻldiki, yorimdan judo boʻldim).

Manbalar

Turkum:Navoiyshunoslik