Vladimir Aronovich Shtern (1942-yil 21-oktyabr, Toshkent, OʻzSSR — 26-yanvar 2024-yil) – sovet futbolchisi, himoyachi, murabbiy. SSSR sport ustasi.
Faoliyati Millati Yahudiy, Toshkentda tugʻilgan, bir muddat Kirovogradda yashagan, Yakov Shklovskiydan dars olgan. "Paxtakor" maktabida Sergey Arutyunov qoʻl ostida shugʻullangan, 1960-yilda oʻrinbosarlar bahslarida oʻynagan. 1962-1964-yillarda Toshkent viloyatining „Paxtakor/Politodel“ jamoasida oʻynagan. 1964-1973-yillarda u „Paxtakor“ safida toʻp surgan, 242 ta oʻyin oʻtkazgan (201 tasi Oliy-ligada), bitta gol urgan – 1967-yil 21-sentyabrda „Zenit“ga qarshi mehmonda (2:2) jarima maydinchasi tashqarisadan zarba berib gol urgan. 1973-yilda u „Andijanets“ ikkinchi liga klubi tarkibida boʻlgan va shundan soʻng faoliyatini yakunlagan.
Yigirma yildan ortiq vaqt davomida „Paxtakor“ futbol maktabini boshqargan, keyin Oʻzbekiston chempionati oʻyinlari komissari boʻlgan.
1967/68-yilgi SSSR kubogi finalchisi.
Vladimir Shtern 2024-yilning 26-yanvar kuni vafot etdiВыдающийся футболист «Пахтакора» Владимир Штерн скончался на 82 году жизни.
Manbalar
Havolalar
Turkum:SSSR sport ustasi Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Andijon klubi futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Doʻstlik Toshkent futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar