ASICS – Yaponiyaning sport poyabzallari va kiyimlar ishlab chiqarish boʻyicha yetakchi korporatsiyasilardan biri. Kompaniya shtab-kvartirasi Yaponiyaning Kobe shahrida joylashgan.

Tarixi ASICS kompaniyasi ilk faoliyatini urushdan keyin 1949-yil 1-sentyabrda Yaponiyada boshlagan. Kixachiro Onitsuka () urushdan keyingi ogʻir davrda Yaponiya yoshlari uchun qanday yordam berish borasida bosh qotirgan va oʻz yurtdoshlarini sport bilan ilhomlantirishga va ular uchun mutlaqo yangi sport brendini yaratishga qaror qilgan. Shunday qilib, Onitsuka Tiger brendi dunyoga kelgan.

Oʻz faoliyatining dastlabki yillarida kompaniya faqat Yaponiya va Xitoyning ichki bozoriga mahsulot yetkazib bergan. Nike asoschilari Phil Knight va Bill Bowerman bu imkoniyatdan foydalanib, kompaniyadan krossovkalar sotib olgan va ularni AQShda qayta sotishgan. 1977-yilda kompaniya kengaygach, Onitsuka Tiger nomi ASICSga oʻzgartirilgan. ASICS „Anima sana in corpore sano“ jumlasining qisqartmasi boʻlib, lotinchada „Sogʻ tanda sogʻlom aql“ degan maʼnoni anglatadi. Shuningdek, Kobe shahrida yugurish poyabzallarini oʻrganib chiqish va ularni loyihalash maqsadlariga qaratilgan sport tadqiqot instituti ham tashkil etilgan.

Hozirgi davr ASICS hozirda sport kiyimlari va poyabzallari ishlab chiqarish boʻyicha dunyodagi eng yirik kompaniyalar orasida 5-oʻrinni egallaydi.

2011-yilning 31-mart holatiga koʻra ASICS butun dunyo boʻylab 5600 dan ortiq odamni ish bilan taʼminlagan.

Keyingi yillarda kompaniya sport tovarlari (oyoq kiyimlari) sotish boʻyicha Yevropadagi eng yetakchi kompaniyaga aylandi.

Reklama homiyligi

Christophe Lemaitre Ryan Hall — 2:05:00 dan yuqori vaqt koʻrsatkichiga ega boʻlgan amerikalik uzoq masofaga yuguruvchi yagona oq tanli marafon yuguruvchisi (Boston, 2:04:58, 2011) Mara Yamauchi Lolo Jones

Manbalar

Havolalar

Kompaniya veb-sayti

Turkum:Moda Turkum:Brendlar