Elshan (Elhom) Gambarov (; 1973-yil 30-oktyabrda tugʻilgan) – ozarbayjonlik sobiq professional futbolchi, maydonda yarim himoyachi ampulasida harakat qilgan. Ozarbayjon terma jamoasida oʻynagan. Dogʻiston pedagogika institutini tamomlaganElshan Gambarov: V Maxachkale ne nujno zabivat pro detskiy futbol.

Biografiya Elshan 1990-yilda 2-liga MTsOP-Termist (Boku) klubida professional futbolchilik faoliyatini boshlagan. 1992-yilgi mavsum Tarragi jamoasi safida futbol boʻyicha Ozarbayjon chempionatida oʻynagan. Mavsum ikkinchi yarmida Bokuning Neftchi klubiga taklif qilingan va Neftchi klubi safida 12 ta oʻyin oʻtkazgan.

1993-yilda Rossiyaga koʻchib oʻtgan, „Anji“ va „Dinamo“ (Mahachqalʼa) klublarida oʻynagan. 1994-yilda Ozarbayjonga qaytib kelgan, „Turan“, „Baki Fehlesi“, „Bakili“ klublarida oʻynagan.

1998-yilgi mavsum avvalida Oʻzbekistonga koʻchib oʻtgan va Namanganning „Navbahor“ klubi bilan shartnoma imzolagan. Elshan Namangan jamoasi tarkibida juda muvaffaqiyatli oʻynaganiga qaramay (15 oʻyinda 7 ta gol urgan) 1999-yil Bokuning Neftchi klubi tarkibiga qaytgan.

2000-yilgi mavsumda yana Oʻzbekiston chempionati jamoalarida oʻynay boshlagan. Dastlab bir yarim mavsum davomida Samarqandning Dinamo jamoasi tarkibida oʻynagan boʻlsa, 2002-yilgi mavsum ikkinchi davrasida „Navbahor“ klubida oʻynagan. 2001-yilgi mavsum avvalida Rossiyaning „Torpedo-ZIL“ klubi jamoasida koʻrikdan oʻtgan, ammo yakunda futbolchi Oʻzbekistonga qaytganReshayuщiy gol zilovsi propustili uje na 15-y sekunde.

2002-yilning ikkinchi yarmida Qozogʻistonga koʻchib oʻtdi va „Esil-Bogatyr“ klubi bilan shartnoma imzolagan.

2003-yilda u Oʻzbekiston Superligasi ishtirokchisi, Muborakning „Mashʼal“ klubi tarkibida 4 ta oʻyinda ishtirok etgan va shundan soʻng yana Neftchi klubi tarkibiga qaytgan. Gambarov klubda ikki mavsum davomida oʻynagan. 2005-yilda ustozi Agasalim Mirjavadovning ikkinchi boʻlimda zahiradan maydonga tushirish qaroriga rozi emasligini bildirib, jahl bilan „Neftchi“ futbolkasini yirtib, chetga uloqtirgan. Shundan soʻng „Neftchi“ klubi safida boshqa oʻyin oʻtkazmaganUvolen za neuvajenie k simvolike kluba.

2005-yilda Kapazga (Ganja) klubi bilan shartnoma imzolagan, ammo 2005/06-yilgi qishki mavsumda u Olimpiya (Boku) jamoasi bilan shartnoma imzolagan. 2007-yilda yana Oʻzbekiston Superligasi ishtirokchi jamoasi tarkibiga oʻtgan va Gʻuzorning Shoʻrtan klubi tarkibida oʻynagan. 2007-yilning iyul oyida „Simurg“ jamoasi bilan olti oylik shartnoma imzolagan. 2008-yil boshida oilaviy sabablarga Oʻzbekistonga qaytgan va Dinamo (Samarqand) klubi tarkibida oʻynaganElshan Gambarov: „V Gyandje menya lyubyat“.

2008-yil oʻrtalarida Ozarbayjonga qaytib kelgan va „Boku“ klubida oʻynagan.

2009-yildan beri u Nyu-Yorkda istiqomat qiladi va u yerda faoliyat yurituvchi „Chernomorets“ futbol klubi bosh murabbiyi hisoblanadi. Shu bilan birga, Gambarov bolalar futboli bilan shugʻullanadi va AQShda faxriylar oʻrtasida tashkil etilgan turli turnirlarda ishtirok etadiSbornaya Azerbaydjana stala 1-y v SShAElshan Gambarov poluchil priglashenie ot „Chelsi“.

1998-yildan 2001-yilgacha Ozarbayjon terma jamoasida oʻynagan, Yevropa chempionati saralash oʻyinlarida ishtirok etgan. U terma jamoa safida jami 12 ta oʻyin oʻtkazgan.

Yutuqlar

3 karra Ozarbayjon chempioni (1992, 2003/04, 2004/05), Ozarbayjon chempionatining bronza medali sovrindori (1998/99) (Neftchi bilan). 2 karra Ozarbayjon kubogi sohibi: 1998/99, 2003/04 (Neftchi bilan) Oʻzbekiston kubogi sohibi: 1998-yil (Navbahor bilan) Oʻzbekiston chempionati bronza medali sovrindori: 1998-yil (Navbahor bilan) Hamdoʻstlik kubogi kumush medali sohibi: 2005-yil (Neftchi bilan) 2000-yilgi Oʻzbekiston kubogiKubok Uzbekistana 2000 finalchisi (Samarqandning „Dinamo“ jamoasi bilan)

Eslatmalar

Havolalar

Turkum:1972-yilda tugʻilganlar Turkum:30-oktyabrda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Bokuda tugʻilganlar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Ozarbayjonlik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Shoʻrtan klubi futbolchilari Turkum:Mashʼal klubi futbolchilari Turkum:Dinamo Samarqand futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:FC Anji Mahachqalʼa futbolchilari Turkum:Simurq PIK futbolchilari Turkum:FC Kiziljar futbolchilari Turkum:Turan Tovuz futbolchilari Turkum:Neftçi Boku klubi futbolchilari Turkum:ANS Pivani FK futbolchilari Turkum:FK Termist futbolchilari Turkum:Bakili FK futbolchilari Turkum:FC Kiziljar futbolchilari Turkum:Kapaz PFK futbolchilari Turkum:Shuvalan FK futbolchilari Turkum:FC Baku futbolchilari Turkum:Oʻzbekistondagi chet ellik erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari