Ahil mahallasi – Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent shahar Olmazor tumanidagi mahalla. Tumandagi Moyariq, Gulzor, Yangi Toshkent, Yunusobod tumanining Katta Hasanboy, Hamkorobod mahallalari, Toshkent avtomobil halqa yoʻli bilan chegaradosh. 1990-yillarda tashkil etilgan. 1990-yildan Roʻzi Ashurov mahallasi ikkiga (Roʻzi Ashurov va Rasulobod mahallasi) boʻlinib, 1994-yildan yana birashgan va „Ahil“ mahallasi nomini olgan. Aholisi 6 710 kishi (2009). Bu mahallada Oʻzbekiston xalq hofizi Orifxon Hotamov yashagan.

Manbalar

Turkum:Olmazor tumanidagi mahallalar