Posira mahallasi (Bogʻishamol koʻchasi, 4a-uy) – Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi mahalla. Obod mahallasi va Mirzo Ulugʻbek tumani bilan chegaradosh.
Aholisi Aholisi 5964 kishi, asosan (96%) oʻzbeklar.
Binolar Mahalla hududida Toshkent pediatriya tibbiyot instituti va litseyi, oʻrta maktab, 2 ta bolalar bogʻchasi, „Energetik“ stadioni, Yunusobod savdo majmuasi mavjud.
Manbalar
Turkum:Yunusobod tumanidagi mahallalar