Bodomzor mahallasi (Bodomzor 8-tor koʻcha,47) – Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi mahalla. Xiyobontepa, Otchopar-1, Boʻzsuv, Yangitarnov, Shayx Shibliy mahallalari bilan chegaradosh. 19-asr oʻrtalarida asos solingan. Eski shaharda Shayhontohur, Sebzor, Labzak, Beshogʻayni, Raiskoʻcha mahallalari fuqarolarining shu hududda bogʻ hovlilari boʻlgan. Bogʻ hovlilari Boʻzsuv kanali boʻyida joylashgani uchun koʻplab turli mevalar (oʻrik, yongʻoq, uzum, olma, nok, bodom, shaftoli, olcha, nok, gilos) yetishtirishgan. Shuning uchun mahallaga 1935-yil Bodomzor nomi berilgan. Aholisi 2 000 kishi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, rus, tatar, tojik millati vakillari yashaydi (2009). Mahalla hududida 2 ta oziq-ovqat doʻkoni, choyxona va bolalar sport maydonchasi mavjud.

Maydoni 27,8 gektar.

Manbalar

Turkum:Yunusobod tumanidagi mahallalar